Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

(Schistosoma sp.)
ning rivojlanish sikli: 
a-
asosiy x o ‘jayini: la-urg‘ocbi va erkak parazitlarning kopulyatsiyasi, lb-parazitning
tuxumi, 2-miratsidiy lichinkasi, b-Qon ikki so‘rg‘ichlilarning rivojlanish sikli
sxemasi: 3-Planorbis urug'iga mansub qorinoyoqli mollyuska, 3a-birinchi
yoshdagi sporosista, 3b-ikkinchi yoshdagi sporosista, 4-serkariy.
Shistosomalar keltirib chiqaradigan kasallik shistosomoz deyiladi. 
Shistosomalar odamlarning qovuq, buyrak va siydik nayining devorini 
jarohatlashi tufayli siydik bilan birga qon ham ajraladi. Zararlangan 
organlaming yallig‘lanaishi va parazit tuxumlari atrofida fosforli 
tuzlaming to‘planashi tufayli qovuqda tosh hosil bo'lishiga olib kelishi 
mumkin.
Shuningdek, kasallangan odamlarda teri qichishi, pnevmoniya 
alomatlari, anemiya, ich ketish va boshqa holatlar kuzatiladi. Chorva 
mollarining ichak, jigar, oshqozon osti bezi kabi organlari vena qon 
tomirlarida parazitlik qiladigan qon ikki so‘rg‘ichlilardan yana biri 
Orientobilgarsiya 
(Orientobilharzia turkestanica)
hisoblanadi.
Mashg‘ulotni о ‘tkazish tartibL
Qon ikki so ‘rg ‘ichlilari, shu 
jumladan, orientobiigarsiyaning tuzilishi, tarqalishi, rivojlanish sikli va
80


qo‘zg‘atadigan kasalligi to‘g ‘risida tushuncha berilgandan keyin
talabalar bilan birga spirtda fiksatsiya qilingan orientobilgarsiyalami 
suvli Petri shisha idishga solib binokulyar yoki mikroskopning kichik 
obyektivida qarab, erkagi va urg‘ochiIarining bir-biridan farqi 
aniqlanadi.
Parazitning 
bosh 
va 
dum 
qismlarini 
toping. 
Erkagining 
urg‘ochisidan uzun (7-12mm) ekanligiga va qorin tomonida kutikulyar 
egatchasining 
borligiga 
e ’tibor 
bering. 
Urg‘ochisining 
tanasi 
urchiqsimon ekanligi va erkagidan birmuncha kichik (4,8-8 mm) ligi 
hamda erkagining og'iz so‘rg‘ichi to‘garak shaklda ko'rinishi, 
urg‘ochisiniki esa yaxshi rivojlanmaganligini, y a’ni og‘iz so‘rg‘ichi 
rudiment holdaligini mikroskop ostida o ‘rganing. Shistosomaning 
rivojlanish sikli sxemasini albomga chizib oling.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin