shunday o‘z-o‘zidan zararlanish holati autoinvaziya deyiladi. Shu
xususiyatiarini hisobga olganda, cho‘chqa tasmasimoni eng xavfli
tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham har
bir odam, agarda ichagida cho‘chqa tasmasimoni borligini sezsa, juda
ehtiyot bo‘Hshi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt
qildiradigan dori ichmasligi kerak.
Cho‘chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli qo‘zg‘atadigan
kasallik tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik esa
sistiserkoz deyiladi. Yuqorida ta ’kidlanganidek, odamlar ham tenioz va
ham sistiserkoz kasalliklariga yoiiqishlari mumkin. Cho‘chqalar esa
faqat sistiserkoz bilan kasallanadi. Cho‘chqa sistiserkozi MDH da,
ayniqsa, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy
qora tuprqq viloyatlarida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini
asosiy manbai tenioz bilan kasallangan odamlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: