Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm . Odam askaridasining



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

36-rasm . Odam askaridasining
tashqi k o ‘rinishi: A-urg‘ochisi, B-erkagi.
51 
Askaridaning tanasi ko‘p qavatli kutikula bilan qoplangan, u yarim 
fO‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun tanasi doimo tarang 
bolatda 
bo‘ladi. 
Kutikulasining 
ostida 
gipoderma 
joylashgan. 
Gipodermadan keyin bo‘yiga cho‘zilgan bir qavatli muskullar 
joylashadi.
Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, o ‘rta va orqa ichakdan iborat. 
Oldingi va orqa ichagining ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. 
Askaridaning urg‘ochilarida orqa ichak teshigi orqali tashqariga 
ochiladi, erkaklarida esa orqa ichak jinsiy sistema bilan qo‘shilib kloaka 
hosil qiladi.
99
*


Askaridalar ayrim jinsli va jinsiy organlari uzun nay shaklida 
tuzilgan (37-rasm).
i
37-rasm . O dam askaridasining ichki tuzilishi: A -urg‘ochisi. В -erkagi: 1-
lablari; 2-qizilo‘n-gachi; 3-ichagi; 4-halqum nerv halqasi; 5-qorin nervi; 6-ayirish
sistemasi nayi; 7-fagotsitar hujayralar; 8-tuxumdoni; 9-tuxum y o ‘li; 10-bachadoni;
11-jinsiy qini; 12-anal teshigi; 13-urug‘doni; 14-urug‘ y o ‘H; 15-urag‘ chiqarish
nayi.
U rg‘ochisining jinsiy organlari bezlari bir juft bo‘lib, naychaning 
eng oldingi ingichka uchlari tuxumdonlar, undan keyingi biroz 
kengaygan qismi esa tuxum yo‘llarini tashkil qiladi. Bular ham yana 
kengayib, ju ft bachadonni hosil qiladi va o ‘zaro qo‘shilib, tananing o ‘rta 
qismida jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladigan qinga aylanadi.
Erkagining jinsiy sistemasi toq naydan iborat boMib, uning ingichka 
uchi urug‘don, yo‘g‘onlashgan qismi esa urug‘ yo‘li vazifasini bajaradi. 
U rug‘ y o ‘li o ‘z navbatida, urug‘ to‘kuvchi kanalga o ‘tib, kloakaga 
ochiladi. Kloaka ichida kutikuladan iborat bo‘lgan ikkita spikula- 
qo‘shilish organi joylashgan.
Ichagida askarida boMgan odam parazitni yuqtiradigan va 
tarqatadigan manba hisoblanadi. Bitta urg‘ochi askarida bir kecha-
100


kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Askaridaning tuxumi 
uch qavat po‘st bilan o‘raigan, yangi qo‘yilgan tuxumlar zararlash 
xusnsiyatiga ega emas.
U zararlash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun tashqarida kamida 15- 
25 kun bo‘lishi zarur, shu muddat ichida zararlash qobiliyatiga ega 
bo‘lgan lichinka yetiladi.
Odam askaridasi oraliq xo‘jayinsiz rivojlanadi. Uning yagona 
xo‘jayini odam hisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 
yilgacha tiriklik xususiyatini saqlashi mumkin. Ichida lichinkasi bo‘lgan 
bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yuvilmagan sabzavot-meva, 
ayniqsa, qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali 
odam o ‘ziga yuqtiradi.
Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi oshqozon shiralari ta’sirida 
erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o‘tib, 10 kun 
davomida migratsiya qilib jigar, yurak, o‘pkaga borib aylanib yuradi.
Lichinka o‘pkaga kelganda, odamda o‘pka shamollashi hodisasi 
kabi o‘zgarish bo‘lib, yo‘tal paydo bo‘ladi va yo‘talganda o‘pkada, 
ko‘krakda og'riq seziladi, ba’zan harorat ko'tariladi. Yo‘talganda 
lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali og‘izga keladi. U yerdan so‘lak 
bilan qayta yutib yuborilgarida lichinkalar ingichka ichakka tushib, 
uning devorlariga yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetadi. Ular 
o ‘z navbatida, otalanib yana tuxum qo‘ya boshlaydi.
Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng kerakli bo‘lgan 
ovqat va vitaminlar bilan oziqlanib, odamlarda avitaminoz paydo qiladi, 
natijada odam turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
Askarida keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu 
kasallikka chalingan odamlarda kam qonlik avj oladi, ko‘ngil aynish, 
qusish, ishtaha yo‘qolishi, bosh og‘rishi, uyqusizlik, ish qobiliyati 
pasayishi, jizzakilik kabi holatlar kuzatiladi. Ba’zan, askaridalar 
ichakdan o‘t pufagiga o‘tib, uni berkitib qo‘yadi va ichakdan oshqozon, 
qizilo‘ngach, hatto nafas yo'llariga ham o‘tishi mumkin.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin