Askaridani qo‘Iingizga olib barmoqlaringiz
bilan ushlab tanasini
egib ko‘ring va uning elastik egiluvchan ekanligiga ishonch hosil qiling.
Askaridaning oq-sarg‘imtir rangli ekanligiga, duksimon shakldaligiga,
bo‘g ‘imlari va yopishish organlari yo‘qligiga, oldingi va keyingi uchlari
ingichkalashganligiga e ’tibor bering. Oldingi uchidagi og'zini va uning
atrofidagi uchta muskuldor labini toping. Tashqi ko‘rinishidan
erkak va
urg‘ochi askaridalaming farqini aniqlang.
Erkak askarida kichik va uning dum qismi gajjak holda
qayrilganligiga, uchidagi kloaka teshigiga, teshikdan ayrisimon shaklda
chiqib turgan o‘simta-spikulalariga e’tibor bering. U rg‘ochi askaridani
lupa orqali qarab, tanasining oldingi uchdan bir qismida jinsiy teshigi va
dumdan sal yuqoriroqda anal teshigi joylashganligini toping. Anal
teshigi joylashgan
tomoni qorin, unga qarshi joylashgan tomoniga orqa
tomoni deyiladi. Askaridaning ichki tuzilishini o ‘rganish uchun uni
vannachaga qorin tomoni bilan yotqizib, bosh va dum qismiga
to‘g‘nag‘ichlar sanchib, vannacha ostidagi
mumga yoki parafmga qadab
qo‘yiladi. Agar askarida tirik bo‘lsa, uning kutikulasini ko‘ndalang
qirqishdan oldin vannachaga suv quyiladi va suv ostida qirqiladi, aks
holda uning tana suyuqligi otilib chiqib, ko‘zni va boshqa organlar
terisini kuydirishi mumkin. Keyinchalik chap qo‘l bilan askarida
vannacha tubiga bosib turiladi va o‘ng qo‘l
bilan tananing yelka
tomonidan kutikula ko‘ndalang qirqiladi. Kutikula uzunasiga ham
qirqilib, to ‘g ‘nag‘ichlar bilan vannachaga sanchiladi.
Q o i lupasi yordamida askaridaning ichki organlarini kuzatish oson
bo‘lishi uchun to ‘g‘nag‘ichlaming bosh qismi vannacha devoriga
egilgan
bo'lishi
kerak.
Ochilgan
askaridaning
gipodermasidagi
iskanalarini toping, yon tomonidan o‘tadigan ayirish kanalchalariga
e ’tibor bering. Tana bo‘shlig‘ida diametri har xil kattalikda bo‘lgan
jinsiy sistema naychalari joylashgan.
Ularni preparoval ninalar
yordamida sekin-asta ko'tarib, suv yuzasiga chiqaring va naychalar
diametrining kattalashib borishiga qarab tuxumdon, tuxum yo‘llari va
bachadon chegarasini aniqlang. Ikkala bachadonning q o‘shilib qin hosil
qilishiga e ’tibor bering. Agar ochilgan askarida erkak bo‘lsa, toq
urug'don, urug‘ yo‘li va urug‘ to‘kish nayini toping. Jinsiy naychalar
joylashgan ichakning tuzilishiga e ’tibor bering.
Askaridaning ko‘ndalang kesmasi mikropreparatlarini
mikroskop-
ning kichik obyektivi orqali kuzating. Askaridaning birlamchi tana
bo‘shlig‘idagi ichak kesmasini toping, u doira shaklida, ba’zan esa yassi
holda ko‘rinadi. Ichak kesmasi atrofida doirasimon shakldagi bir necha
102
jinsiy sistema naychalarini ko‘rish mumkin. Askaridaning ko‘ndalang
kesmasida ular bir necha marta takrorlanishi mumkin.
Eng kichik mayda
embrion
hujayralari bilan toMgan doirasimon kesma-tuxumdon.
Ulaming bir uchi tuxumdon devoriga, ikkinchi uchi esa doiraning o‘rta
qismidagi dildiroq o‘zakka tiralgan bo‘ladi. Tuxum yo'llarida va
bachadonlarda har xil darajada rivojlangan tuxum hujayralari ko'rinadi.
Askaridaning ko‘p qavatli kutikulasini va uning ostida joylashgan
gipodermani ko‘rish uchun ko'ndalang kesma devorini mikroskopning
katta obyektivi orqali kuzating va uning rasmini chizing.
Askarida tuxumining shakli, tuzilishi
va oMchami bilan tanishish
maqsadida, bachadonining qinga yaqin qismidan kichik bir bo‘lagini
qirqib olib, buyum yoki soat oynasiga qo‘ying va ustiga bir tomchi suv
tomizib shisha tayoqcha bilan ezing. Tayyor preparatni mikroskopning
kichik obyektivi orqali kuzating.
Dostları ilə paylaş: