Askaridalar ayrim jinsli va jinsiy organlari uzun nay shaklida
tuzilgan (37-rasm).
i
37-rasm . O dam askaridasining ichki tuzilishi: A -urg‘ochisi. В -erkagi: 1-
lablari; 2-qizilo‘n-gachi; 3-ichagi; 4-halqum nerv halqasi; 5-qorin nervi; 6-ayirish
sistemasi nayi; 7-fagotsitar hujayralar; 8-tuxumdoni; 9-tuxum y o ‘li; 10-bachadoni;
11-jinsiy qini; 12-anal teshigi; 13-urug‘doni; 14-urug‘ y o ‘H; 15-urag‘ chiqarish
nayi.
U rg‘ochisining jinsiy organlari bezlari bir juft bo‘lib,
naychaning
eng oldingi ingichka uchlari tuxumdonlar, undan keyingi biroz
kengaygan qismi esa tuxum yo‘llarini tashkil qiladi. Bular ham yana
kengayib, ju ft bachadonni hosil qiladi va o ‘zaro qo‘shilib, tananing o ‘rta
qismida jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladigan qinga aylanadi.
Erkagining jinsiy sistemasi
toq naydan iborat boMib, uning ingichka
uchi urug‘don, yo‘g‘onlashgan qismi esa urug‘ yo‘li vazifasini bajaradi.
U rug‘ y o ‘li o ‘z navbatida, urug‘ to‘kuvchi kanalga o ‘tib, kloakaga
ochiladi. Kloaka ichida kutikuladan iborat bo‘lgan
ikkita spikula-
qo‘shilish organi joylashgan.
Ichagida askarida boMgan odam parazitni yuqtiradigan va
tarqatadigan manba hisoblanadi. Bitta urg‘ochi askarida bir kecha-
100
kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo‘yadi. Askaridaning tuxumi
uch qavat po‘st bilan o‘raigan, yangi qo‘yilgan
tuxumlar zararlash
xusnsiyatiga ega emas.
U zararlash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun tashqarida kamida 15-
25 kun bo‘lishi zarur, shu muddat ichida zararlash qobiliyatiga ega
bo‘lgan lichinka yetiladi.
Odam askaridasi oraliq xo‘jayinsiz rivojlanadi. Uning yagona
xo‘jayini odam hisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10
yilgacha tiriklik xususiyatini saqlashi mumkin. Ichida lichinkasi bo‘lgan
bunday tuxumni qaynatilmagan suv,
yuvilmagan sabzavot-meva,
ayniqsa, qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste’mol qilish orqali
odam o ‘ziga yuqtiradi.
Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi oshqozon shiralari ta’sirida
erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o‘tib, 10 kun
davomida migratsiya qilib jigar, yurak, o‘pkaga borib aylanib yuradi.
Lichinka o‘pkaga kelganda, odamda o‘pka
shamollashi hodisasi
kabi o‘zgarish bo‘lib, yo‘tal paydo bo‘ladi va yo‘talganda o‘pkada,
ko‘krakda og'riq seziladi, ba’zan harorat ko'tariladi. Yo‘talganda
lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali og‘izga keladi. U yerdan so‘lak
bilan qayta yutib yuborilgarida lichinkalar ingichka ichakka tushib,
uning devorlariga yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetadi. Ular
o ‘z navbatida, otalanib yana tuxum qo‘ya boshlaydi.
Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng kerakli bo‘lgan
ovqat va vitaminlar bilan oziqlanib, odamlarda avitaminoz paydo qiladi,
natijada odam turli xil yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
Askarida keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu
kasallikka chalingan
odamlarda kam qonlik avj oladi, ko‘ngil aynish,
qusish, ishtaha yo‘qolishi, bosh og‘rishi, uyqusizlik, ish qobiliyati
pasayishi, jizzakilik kabi holatlar kuzatiladi. Ba’zan, askaridalar
ichakdan o‘t pufagiga o‘tib, uni berkitib qo‘yadi
va ichakdan oshqozon,
qizilo‘ngach, hatto nafas yo'llariga ham o‘tishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: