Umurtqasizlar zoologiyasidan


M ashg‘ulotni o'tkazish tartibi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

M ashg‘ulotni o'tkazish tartibi.
Qushxonalarga borib cho‘chqa va 
otlar so‘yilayotganda, ulami ingichka ichaklarini tekshirib tirik 
askaridalarni topib, ulami 4-6 % li formalin eritmasiga solib, amaliy 
m ashg‘ulot darslarini o‘tish jarayonida talabalarga ko‘rsatib mumkin. 4- 
6 % li formalin eritmasida fiksatsiya qilingan cho'chqa askaridasining 
bir-ikkitasini qisqich bilan suv solingan vannachaga soling va qo‘l lupasi 
yordamida qarab, tana tuzilishiga e ’tibor bering.
101


Askaridani qo‘Iingizga olib barmoqlaringiz bilan ushlab tanasini 
egib ko‘ring va uning elastik egiluvchan ekanligiga ishonch hosil qiling. 
Askaridaning oq-sarg‘imtir rangli ekanligiga, duksimon shakldaligiga, 
bo‘g ‘imlari va yopishish organlari yo‘qligiga, oldingi va keyingi uchlari 
ingichkalashganligiga e ’tibor bering. Oldingi uchidagi og'zini va uning 
atrofidagi uchta muskuldor labini toping. Tashqi ko‘rinishidan erkak va 
urg‘ochi askaridalaming farqini aniqlang.
Erkak askarida kichik va uning dum qismi gajjak holda 
qayrilganligiga, uchidagi kloaka teshigiga, teshikdan ayrisimon shaklda 
chiqib turgan o‘simta-spikulalariga e’tibor bering. U rg‘ochi askaridani 
lupa orqali qarab, tanasining oldingi uchdan bir qismida jinsiy teshigi va 
dumdan sal yuqoriroqda anal teshigi joylashganligini toping. Anal 
teshigi joylashgan tomoni qorin, unga qarshi joylashgan tomoniga orqa 
tomoni deyiladi. Askaridaning ichki tuzilishini o ‘rganish uchun uni 
vannachaga qorin tomoni bilan yotqizib, bosh va dum qismiga 
to‘g‘nag‘ichlar sanchib, vannacha ostidagi mumga yoki parafmga qadab 
qo‘yiladi. Agar askarida tirik bo‘lsa, uning kutikulasini ko‘ndalang 
qirqishdan oldin vannachaga suv quyiladi va suv ostida qirqiladi, aks 
holda uning tana suyuqligi otilib chiqib, ko‘zni va boshqa organlar 
terisini kuydirishi mumkin. Keyinchalik chap qo‘l bilan askarida 
vannacha tubiga bosib turiladi va o‘ng qo‘l bilan tananing yelka 
tomonidan kutikula ko‘ndalang qirqiladi. Kutikula uzunasiga ham 
qirqilib, to ‘g ‘nag‘ichlar bilan vannachaga sanchiladi.
Q o i lupasi yordamida askaridaning ichki organlarini kuzatish oson 
bo‘lishi uchun to ‘g‘nag‘ichlaming bosh qismi vannacha devoriga 
egilgan 
bo'lishi 
kerak. 
Ochilgan 
askaridaning 
gipodermasidagi 
iskanalarini toping, yon tomonidan o‘tadigan ayirish kanalchalariga 
e ’tibor bering. Tana bo‘shlig‘ida diametri har xil kattalikda bo‘lgan 
jinsiy sistema naychalari joylashgan. Ularni preparoval ninalar 
yordamida sekin-asta ko'tarib, suv yuzasiga chiqaring va naychalar 
diametrining kattalashib borishiga qarab tuxumdon, tuxum yo‘llari va 
bachadon chegarasini aniqlang. Ikkala bachadonning q o‘shilib qin hosil 
qilishiga e ’tibor bering. Agar ochilgan askarida erkak bo‘lsa, toq 
urug'don, urug‘ yo‘li va urug‘ to‘kish nayini toping. Jinsiy naychalar 
joylashgan ichakning tuzilishiga e ’tibor bering.
Askaridaning ko‘ndalang kesmasi mikropreparatlarini mikroskop- 
ning kichik obyektivi orqali kuzating. Askaridaning birlamchi tana 
bo‘shlig‘idagi ichak kesmasini toping, u doira shaklida, ba’zan esa yassi 
holda ko‘rinadi. Ichak kesmasi atrofida doirasimon shakldagi bir necha
102


jinsiy sistema naychalarini ko‘rish mumkin. Askaridaning ko‘ndalang 
kesmasida ular bir necha marta takrorlanishi mumkin. Eng kichik mayda 
embrion 
hujayralari bilan toMgan doirasimon kesma-tuxumdon. 
Ulaming bir uchi tuxumdon devoriga, ikkinchi uchi esa doiraning o‘rta 
qismidagi dildiroq o‘zakka tiralgan bo‘ladi. Tuxum yo'llarida va 
bachadonlarda har xil darajada rivojlangan tuxum hujayralari ko'rinadi. 
Askaridaning ko‘p qavatli kutikulasini va uning ostida joylashgan 
gipodermani ko‘rish uchun ko'ndalang kesma devorini mikroskopning 
katta obyektivi orqali kuzating va uning rasmini chizing.
Askarida tuxumining shakli, tuzilishi va oMchami bilan tanishish 
maqsadida, bachadonining qinga yaqin qismidan kichik bir bo‘lagini 
qirqib olib, buyum yoki soat oynasiga qo‘ying va ustiga bir tomchi suv 
tomizib shisha tayoqcha bilan ezing. Tayyor preparatni mikroskopning 
kichik obyektivi orqali kuzating.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin