Umurtqasizlar zoologiyasidan


Kerakli materiallar va jihozlar. 6%



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Kerakli materiallar va jihozlar. 6%
li formalin eritmasida fiksatsiya 
qilingan bo'rtma nematodalar bilan zararlangan o'simliklaming ildizlari
prepareval ninalar, buyum va qoplag'ich oynalari, binokulyar va 
mikroskoplar, qo'l lupalari, kichik qaychilar, skalpellar, bo'rtma 
nematodalarining tuzilishi va rivojlanishini aks ettiravchi jadvallar. Petri 
shisha idishlari, suv to'ldirilgan idishlar.
Mavzuning maqsadL
Ildiz bo'rtma nematodalarining tuzilishi va 
rivojlanish siklini o ‘rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
5.1. Ildiz bo'rtma nematodalarining tuzilishini tushuntira oladi.
5.2. Ildiz bo'rtma nematodalarining ko'payishi va rivojlanish 
jarayonlarini bayon qila oladi.
5.3. Ildiz bo'rtma nematodalarining har xil o'simliklarga keltiradigan 
zararini so'zlab bera oladi.
Mavzuning 
qisqacha 
mazmunL
Ildiz 
bo'rtma 
nematodasi 
mikroskopik kichik parazitlar bo'Iib, asosan o'simliklaming yer osti 
qismlarida, ildizi, ildiz mevasi va tuganagida parazitlik qiladi. Hozirgi 
vaqtda ulam ing har xil o'simliklarga zarar keltiruvchi 60 dan ortiq turlari 
ma’lum. Lekin ildiz bo'rtma nematodalari tashqi ko'rinishi va hayot 
kechirish tarzi jihatidan bir-biriga juda o'xshaydi. Ularni turlarini chuqur 
anatomik va morfologik belgilariga qarab tajribali mutaxassislar 
aniqlashi mumkin. Boshqa nematodalar singari ularda ham jinsiy 
dimorfizm aniq ifodalangan, urg'ochilari sharsimon yoki Mmonsimon 
shaklda bo'Iib, harakatlanmaydi. Erkaklari 1-2 mm, lichinkalari esa 0,3-
0,5 mm uzunlikda bo'Iib, chuvalchangsimon shakldadir. Odatda
112


ildizning shikastlangan joyida har xil kattalikdagi (1 mm dan 5-6 sm 
gacha) bo'rtmalar hosil qiladi. Bo'rtma hosil bo'lishiga sabab, ildiz 
to'qimasiga o'mashib olgan parazit o'zining ovqat hazm qilish bezlaridan 
fermentli suyuqlik (so’lak) ishlab chiqaradi. Uning ta'sirida o'simlik 
hujayralarining bo'linish jarayoni tezlashadi, natijada hujayra qobig'i 
eriydi va ko'p yadroli yirik (gigant) hujayralar hosil bo'ladi. Bular 
odatdagi hujayralarga nisbatan 5-10 marta katta bo'lishi mumkin. 
Bunday hujayralarning tez bo'linishi natijasida ildizning nematoda 
kirgan qismi sekin-asta yo'g'onlasha boradi va har xil kattalikdagi 
bo'rtmalar hosil bo'ladi. Shuning uchun ham bo'rtma nematodalar 
deyiladi (41-rasm).
I

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin