Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

41-rasm. Bo'rtma nem atoda 
(Meloidogyne incognita)
bilan zararlangan
bodring ildizi.
Urg'ochi bo’rtma nematodalarning uzunligi odatda 1-2 mm, eni 0,3- 
1 mm bo'ladi. Bo'rtma nematodalarning tanasi kutikula bilan qoplangan 
bo'lib, har xil noqulay tashqi sharoitlardan, ya'ni qurib qolishdan va 
zaharli moddalar ta'siridan saqlaydi.
Ovqat hazm qilish sistemasi og'iz bo'shlig'idan boshlanuvchi 
halqum, o'rta va keyingi ichakdan iborat. Og'iz teshigi tanasining oldingi 
uchida joylashgan. Og'iz bo'shlig'ining ichida shpris ninasiga o'xshash 
llaysimon organ-stileti joylashgan. Bu stilet yordamida nematoda 
o'simlik to'qimasini teshib, uning ichiga joylashib oladi va stileti 
yordamida hujayra qobig'ini teshib shirasini so'rib oziqlanadi. Stiletining
113


oldingi uchi ju da tor naysimon, keyingi tomoni esa piyozboshcha 
shaklida kengaygan halqumga tutashgan. Bu piyozboshcha (bulbus) 
o'simlik hujayralaridan shirani nematoda so'rib olayotgan paytida o'ziga 
xos so'ravchi organi vazifasini bajaradi.
Bulbusning keyingi uchi ancha keng va uzun o'rta ichak bilan 
tutashgan bo'Iib, bu ichakda ovqat hazm bo'ladi. Orqa ichak qisqa va 
ingichka bo'Iib, gavdaning eng keyingi uchida orqa chiqaruv teshigi 
orqali tashqariga ochiladi (42-rasm).
42-rasm. Ildiz bo'rtma nem atodasining tuzilishi: A-urg'ochisi; B-erkagi: 1-
stileti; 2-halqumi; 3-halqum oldi bezi; 4-nerv halqasi; 5-ayiruv teshikchasi; 6-o'rta
ichak; 7-tuxumdoni; 8-tuxum yo'li; 9-bachadoni; 10-jinsiy teshigi 11-anal teshigi;
12-urug'doni; 13-urug'yo'li; 14-urug’ to'kuvchi kanali; 15-spikulasi.
Boshqa hamma nematodalar singari bo'rtma nematodalarning ham 
nerv va ayiruv sistemalari birmuncha sodda tuzilgan. Nerv sistemasi 
alohida nerv hujayralari va ulardan chiqqan nerv tolalaridan iborat. 
Ayiruv organlar sistemasi teri ostida joylashgan naysimon kanallardan 
iborat. Qon aylanish, nafas olish va ko'rish organlari rivojlanmagan.
Jinsiy organlar sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan juft uzun 
naychalardan iborat bo'Iib, urg'ochisida tuxumdon, tuxum yo'li va 
bachadon deb ataladigan qismlarga bo'linadi. Urg'ochi bo'rtma 
nematodaning jinsiy teshigi gavdasining keyingi qismida joylashgan. 
Erkagining jinsiy organlar sistemasining yo'li orqa ichak bilan birga orqa 
chiqaruv teshigi-kloakaga ochiladi. Kloaka ichida bir juft qo'shilish 
organi vazifasini bajaradigan spikulalari joylashgan.
114


Yosh bo'rtma nematodalar voyaga yetguncha 4 ta lichinkalik 
yoshini o'tadi. Birinchi yoshdagi lichinka tuxum po'sti ichida rivojlanadi 
va shu yerda po'st tashlab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Bu 
lichinka tuxum po'stini yorib tashqariga chiqadi va bir necha kundan 
keyin o'simliklami zararlay oladigan (invazion) davrga o'tadi. Keyin ular 
stileti yordamida ildiz po'stlog'ini teshib, o'simlik to'qimasi ichiga kirib 
oladi. Shundan keyin lichinkalaming ildiz hujayralari shirasini so'rib 
parazitlik davri boshlanadi. 
Faol ovqatlanish natijasida parazit 
lichinkalarining bo'yi tobora cho'zilib, eni esa yo'g'onlasha boshlaydi. 
Ular yana ikki marta po'st tashlaydi va uchinchi hamda to'rtinchi 
yoshdagi lichinkalik davrlariga o'tadi. Ulardan erkak va urg'ochi 
nematodalar rivojlanadi.
Urg’ochi bo'rtma nematoda ildiz ichida harakatlanmay, o'troq hayot 
kechirganligi sababli uning harakatlantiruvchi muskullari rivojlanmagan. 
Tuxum qo'yishdan oldin urg'ochi nematoda jinsiy teshigi atrofiga biroz 
yelimsimon suyuqlik ishlab chiqaradi va uning ichiga tuxumlarini 
qo'yadi. Ana shu suyuqlik keyinchalik qotib, tuxum xaltachasini hosil 
qiladi. Binokulyar ostida bo'rtma nematoda bilan zararlangan ildizlami 
petri shisha idishida qaralsa, ildizning po'stiga yopishgan tuxum 
xaltachalari oqish yoki qo'ng'ir dog'lar shaklida bo'lib ko'zga tashlanadi. 
Tuxumdan chiqqan ikkinchi yoshdagi lichinkalar tuxum xaltachasidan 
tashqariga chiqib, yangi rivojlanayotgan ildizlami yoki yaproqdagi 
o'simliklarning ildizlarini zararlashi mumkin. Iqlim va tuproq sharoitiga 
qarab bir yil davomida bo'rtma nematodaning bir necha (5-6) avlodi 
rivojlanishi mumkin.
Ishni b ajarish ta rtib i: 1. Sabzovot va poliz ekintarining bo'rtma 
nematodalari bilan zararlangan ildizini 1-2 mm uzunlikda qirqib, petri 
shisha idishga qo'ying va ustiga suv soling. Bu kesmalami binokulyar 
ostida kuzatib, undagi bo'rtmalaming tuzilishiga va ildiz po'stlog'ining 
ustida joylashgan tuxum xaltachalariga e'tibor bering. Bo'rtma nematoda 
bilan zararlangan ildizning bir qismini umumiy ko'rinishi rasmini 
chizing.
2. Preparoval ninalar yordamida, chap qo'ldagi nina bilan ildiz 
bo'lagini bosib ushlab turing, o’ng qo'ldagi nina bilan asta-sekin ildiz 
ustidagi tuxum xaltachalarini undan ajrating, xaltacha ostida urg'ochi 
bo'rtma nematoda tanasining keyingi qismi oq donacha shaklida ko'rinib 
turadi.
3. Urg'ochi bo'rtma nematodaning atrofidagi ildiz to'qimasini 
jarrohlik pichog'i bilan bo'yiga kesing, keyin preparoval ninalar bilan uni
115


ikki bo'lakka ajrating. Natijada uning hujayralari orasidagi limon 
shaklidagi urg'ochi bo'rtma nematodani yoki II, III va IV yoshdagi 
lichinkalami ko'rish mumkin.
4. Petri idishidagi tuxum xaltachalarini jarrohlik pichog'i yoki 
ninaning uchi bilan maydalab, undagi tuxumlar va ikkinchi yoshdagi 
lichinkalaming tuzilishiga e'tibor bering.
5. Ba'zan tuxum xaltachalarining yoki bo'rtmalarining atrofida 
bo'rtma nematodaning erkagini ham uchratish mumkin.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin