turadigan bosh, gavda va dum yoki oyoq bo‘limlariga bo‘linadi (43-
rasm).
Bosh boMimi yupqa kutikula bilan qoplangan bo‘lib, uning qorin
tomonida og‘zi joylashgan, bosh qismida kiprikchalardan iborat
“aylanuvchi” apparati bor. Bu apparat doira shaklida joylashgan ikki
qator kiprikchalardan iborat. Ulardan biri og‘iz oldiga, ikkinchisi esa
og‘izning pastki qismiga joylashgan.
Bu kiprikchalaming ma'lum bir tomonga qarab hilpirashi natijasida
og‘zaylangichlilaming bosh qismi aylanayotganga o ‘xshab ko‘rinadi. Bu
kiprikchalaming harakati tufayli ular suzadi va suv girdobi hosil qilib,
ozuqa bo‘ladigan mayda zarralarni to ‘playdi.
Og'izaylangichlilarning dum qismi birmuncha ingichkalashib
barmoqsimon ikkita o ‘simta hosil qiladi. Bu o ‘simtalarda yelimsimon
modda ishlab chiqaradigan sement bezlari joylashgan. Bular yordamida
kolovratka
suv
ostidagi
narsalarga
yopishib
oladi.
OgMzaylangichlilaraning tanasini qoplovchi kutikula ostida gipoderma
joylashgan. Suyuqlik bilan to ‘lgan birlamchi tana bo‘shlig‘ida uning
ichki organlari va ayrim muskul tolalari joylashadi.
Dostları ilə paylaş: