Og'izaylangichlilarda
teri-muskul qopchasi, qon aylanish va nafas
olish organlari bo'lmaydi. Ovqat hazm qilish
sistemasi uch qismdan-
oldingi, o ‘rta va orqa ichaklardan iborat Tananig oldingi uchidagi og‘iz
teshigi ichki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan halqum bilan
tutashadi, u esa kengayib jig ‘ildonga, yoki mastaksga aylanadi.
Mastaksning ichki
yuzasi xitin bilan qoplangan, u ovqat moddalarini
maydalashga xizmat qiladigan xitindan tarkib topgan ja g ‘lami
hosil
qiladi.
Mastaks
o ‘rta
ichakka,
yoki
oshqozonga
ochiladigan
qizilo‘ngachga aylanadi. Oshqozonga bir juft oshqozon bezlari yo'li
ochiladi. Ichak kloaka bilan tugallanadi.
Ayirish sistemasi hilpillovchi kiprikli hujayralarga ega boigan
protonefridiydan iborat. Ayirish organi yo‘li
orqa ichakka ochiladigan
siydik pufagiga aylanadi. Nerv sistemasi halqumusti nerv gangliysi,
undan tanasining oldingi va orqa tomoniga
ketadigan nerv stvollaridan
iborat. Sezgi organlari bir ju ft yoki bitta
Ko'zcha,
uchta paypaslagichlar
(bitta orqa, ikkita qorin) dan iborat.
Ayrim jinsli, jinsiy dimorflzm rivojlangan.
Erkaklari ancha mayda;
ichagi reduksiyaga uchragan, urg‘ochisini urug‘lantirgandan so‘ng halok
bo'ladi. Urg‘ochisining tuxumdonlari ikki bo ‘lakdan iborat. Erkaklik
jinsiy organi bittadan urug‘don va urug‘ yo‘lidan iborat. Urug‘ yo‘Ii
kloakaga ochiladi. Kloakada kuyikish organi joylashgan.
Og'izaylangichlilarning hayot sikli haqiqiy jinsiy nasllari (erkaklari
va urg‘ochilari)ni partenogenetik nasllar bilan gallanishi orqali boradi.
Bu quyidagicha sodir bo'ladi. Qishlab chiqqan tuxumlardan bahorda
Dostları ilə paylaş: