Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

M u a l l i f l a r


1-mashg‘ulot. Mikroskopning tuzilishi va u bilan ishlash qoidalari
Kerakli jihozlar: biologik MBR-1, MBI-3 mikroskoplaming 
tuzilishini aks ettiruvchi jadval, tomizg‘ichlar, buyum va qoplagich 
oynalar, suv to‘ldiriIgan idishlar, mum yoki plastilin bo‘lakchalari, qo‘l 
lupalari va binokulyarlar.
Biologik mikroskoplar optik yoritgich va mexanik sistemalardan 
iborat (1-rasm).
1-rasm. Biologik mikroskopning tuzilishi: 1-okulyar; 2-tubus; 3-ob’ektivlar;
4-buyum stolchasi; 5-ko‘zgu; 6-makrovint; 7-mikrovint.
Mikroskopning optik qismiga okulyar, ob’ektivlar va ulami 
birlashtiruvchi tubus kiradi. Har bir ob’ektiv metal 1 naychaga 
joylashtirilgan linzalardan iborat, ular bir-biridan ma’lum masofada 
o‘matilgan. Ulami katta qilib ko‘rsatish imkoniyati yon tomonida raqam 
bilan ko‘rsatilgan. Masalan, 8X raqamli ob’ektiv 8 marta, 40x raqamlisi 
esa 40 marta katta qilib ko‘rsatadi. Raqami 90x bo‘lgan ob’ektivni 
immersion ob’ektiv deb ataladi. U bilan ishlayotganda tekshiriladigan 
preparatning ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib, ob’ektivning pastki 
uchi shu moyga botiriladi. Natijada tekshirilayotgan ob’ekt bilan linza 
orasidagi havo o‘mida moy qavati paydo boiadi. Moy va linzaning 
numi sindirish darajasi qariyb bir xil bo‘lganligi uchun ko'rilayotgan 
ob’ektimiz aniq ko‘rinadi.


Okulyar linzalardan iborat bo‘lib, tubusning yuqori tomoniga 
kiygizib ko‘yiladi. Uning katta qilib ko‘rsatish darajasi ustiga yozib 
ko‘yilgan bo‘ladi. Raqam qancha katta bo‘Isa, okulyarning ko'rsatish 
imkoniyati ham shuncha oshadi. Lekin okulyarning kattaligi ortishi bilan 
ob’ektning ravshanligi xiralashadi. Shuning uchun har doim katta 
okulyardan foydalanish tegishli natija beravermaydi. Tekshirilayotgan 
ob’ektning necha marta kattalashtirilganligini bilish uchun ob’ektivdagi 
raqamni okulyardagi raqamga ko'paytirish kerak.
Mikroskopning mexanik qismiga shtativ, buyum stolchasi, makro- 
metrik (kremalera) va mikrometrik vintlar hamda revolverd kiradi. 
Shtativning pastki qismi taqasimon bo‘lib, u mikorskopning stol ustida 
turishiga yordam beradi. Shtativning yuqori qismi mikroskop dastasi 
deyiladi va o‘ng qo‘l bilan ushlashga moslashtirilgan. Shtativga buyum 
stolchasi biriktirilgan. Bu stolchaning markazida teshikchasi bo‘lib, u 
ko‘zgu orqali tushadigan yorug‘likni ob’ektivga o‘tkazadi. Buyum 
stolchasining ustida buyum oynasini qisib turadigan ikkita qisqich- 
klemmalar bor. Ikkala yon tomonida esa ikkita vinti bo‘lib, bular 
yordamida stolchani ob’ekt bilan birgalikda o‘ng yoki chap tomonga, 
oldinga va orqaga siljitish mumkin.
Tubusni yuqoriga yoki pastga harakatlantirish uchun makrometrik 
vintdan foydalaniladi. Makrometrik vint yoki kremalera fokus oralig‘ini 
taxminan topishga va buyumning aksini ko'rishga imkon beradi. 
Mikrometrik vint esa tubusni asta sekin harakatlantirib, fokusni 
oralig‘ini aniqroq topish hamda tekshirilayotgan ob’ektning yuzasini va 
ichki qismlarini ko‘rish maqsadida ishlatiladi. Buyum stolchasining 
ostida mikroskopning yoritgich qismlari, ya’ni ko‘zgu, qondensor va 
diafragmalar joylashgan.
Ko‘gu ikki tomanlama, bir tomoni tekis, ikkinchisi botiq bo‘lib, 
yorug‘likni to‘plab beradi. Ko‘zgu shtativning pastki qismiga 
harakatchan qilib o‘matilganligi uchun uni yorug‘lik manbaiga qarab 
aylantirish mumkin. Kondensor ikkita linzadan iborat bo‘lib, ular 
umumiy gardishga birlashgan. Kondensor ko‘zgudan tushayotgan numi 
yig‘ib markazlashtirib o ‘tkazadi. Maxsus vint yordamida qondensorni 
yuqoriga ko'tarib va pastga tushirib yorug‘likni oydinlashtirish yoki 
xiralashtirish mumkin. Qondensoming ostida joylashgan diafragma 
ayrim metall plastinkalardan iborat, ular doira shaklida bir-birini qoplab 
turadi. Diafragma yopilganda plastinkalar markazida kichik teshikcha 
hosil bo‘Iadi va yorugMik u orqali o‘tadi. Bu teshikchani diafragma


chetidagi dastak (richag) yordamida kattalashtirib yoki kichiklashtirib, 
ob’ektni ravshan qilib ko‘rish mumkin.
Ish tartibi, 1. Mikroskopni stol ustida shtativ dastasini o‘zingizga 
qaratib qo‘ying. Buyum stolchasi markazidagi teshikcha ustiga kichik 
ob’ektivni qo‘ying. Keyin okulyarga chap ko‘z bilan qarang va 
ko'zguning 
botiq 
tomonini 
yorug‘lik 
manbaiga 
yo‘naltirib, 
yorug‘likning tekis aks etishini kuzating. 2. Preparat shishasini buyum 
stolchasiga shunday qo‘yingki, tekshirilayotgan ob’ekt stolcha 
markazidagi teshikchaga to‘g‘ri bo‘lsin. So‘ngra kichik ob’ektiv 
yordamida fokus oralig‘i to‘g ‘rilanadi. Buning uchun aw alo buyum 
stolchasiga qarab turib, mikrometrik vint yordamida ob’ektiv qoplangich 
oynasiga tegmaydigan qilib tushiriladi. Keyin okulyar orqali qarab, 
mikrometrik vintni asta-sekin o‘zingiz tomonga buring va tubusni 
yuqoriga ko‘taring. Natijada ob’ektning aksi ko‘rina boshlaydi. Keyin 
mikrometrik vint bilan fokus oralig'ini yanada aniqroq to‘g‘rilab, ob’ekt 
ravshanlashtiriladi.
Mikroskopda kuzatish uchun mayda hasharotlaming, tuban 
qisqichbaqasimonlaming 
tayyor 
preparatlaridan 
yoki 
baqalar 
saqlanadigan idishlardan olingan baqaning o‘lik epiteliy to‘qimasidan 
tayyorlangan vaqtincha preparatlardan foydalanish mumkin. Aslida 
sekin harakatlanuvchi ob’ektlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Mikroskopning 
katta 
ob’ektivida 
kuzatish 
uchun 
tubusni 
ko‘tarmasdan (aks holda ob’ekt ko‘rinmay qoladi), revolverni burab, 
zarur bo'lgan ob’ektiv qo‘uyiladi. So‘ngra okulyar orqali qarab turib
mikrometrik vint bilan tubus pastga tushiriladi va fokus aniqlashtiriladi.
3. Qoplagich oynachaga mum yoki plastilindan oyoqchalar yasang. 
Sutsimon oq planariya, gidra, dafniya va siklop kabi hayvonlarning 
vaqtincha 
preparatlarining 
ustini 
shu 
oynacha 
bilan 
yopib, 
mikroskopning kichik ob’ektivi orqali kuzating. 4. Jigar qurtining 
bo'yalgan mikropreparatlarini binokulyar yordamida kuzating. 5. 
Dafniya va sikloplar mavjud bo‘lgan suvdan biroz Petri shisha idishiga 
solib, 
uni 
qo‘l 
lupasi 
yordamida 
kuzating 
va 
suvdagi 
qisqichbaqasimonlaming harakatiga e’tibor bering.
Mikroskop bilan birinchi marta ish boshlaganda quyidagi qoidalarga 
amal qilish lozim:
1. 
Mikroskop bilan ish boshlaganda oldin kondensor yuqoriga 
ko‘tariladi, diafragma ochiladi va kichik (8X) ob’ektivni ob’ekt ustiga 
keltiriladi.


2. 8х va 40х raqamli (quruq sistema) ob’ektivlar bilan ishlaganda 
botiq ko‘zgudan, 90x raqamli (yogli sistema) ob’ektiv bilan ishlaganda 
esa tekis ko‘zgudan foydalaniladi.
3. Preparatni o'rgana boshlaganda kichik (8X) ob’ektiv ishlatiladi. 
Agar ob’ektning tuzilishini katta qilib ko‘rish zarur bo‘lsa, unda katta 
ob’ektivga ko‘chiriladi.
4. Mikroskop tubusini pastga tushirganda, ob’ektiv preparatga 
tegmasligi uchun, albatta buyum stolchasiga qarab turishi kerak, aks 
holda ob’ektiv va o'rganilayotgan preparat sinishi yoki buzilishi 
mumkin.
5. Mikroskop yordamida ob’ektlami tekshirganda chap ko‘z bilan 
okulyarga, o‘ng ko‘z bilan esa qog‘ozga qarab ob’ektning rasmini 
chizish kerak, ammo o‘ng ko‘zni yopish yaramaydi. Chap qo‘l bilan 
mikrometrik vintni biroz aylantirib, preparatning turli chuqurlikdagi 
satxini ko'rish mumkin.
6. Mikroskop bilan juda ehtiyot bo‘lib ishlash kerak, ayniqsa, uning 
linzalaridan iborat bo‘lgan okulyar va ob’ektivlarini yumshoq oq toza 
gazlamadan tayyorlangan ro'molcha bilan yoki maxsus mo‘yqalam bilan 
tozalash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin