Umurtqasizlar zoologiyasidan


Seratsiumning tuzilishini o‘rganish



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Seratsiumning tuzilishini o‘rganish.
Seratsium chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan. Uning usti 
kletchatkadan iborat bir necha mayda plastinkalardan tashkil topgan ikki 
pallali qalqon bilan qoplangan. Qalqonning asosan 4 ta o’simtasi bo’lib, 
ularning bittasi tananing oldingi, 3 tasi esa keyingi qismida joylashgan. 
Bular seratsiumning tana satxini kengaytirib, suvda suzib yurishga 
imkoniyat beradi. Ikkita xivchini bo’lib, ularning biri tananing keyingi 
tomoniga qarab yo’nalgan, ikkinchisi esa butun tanani o'rab olgan 
chuqur 
tamovchaning 
ichida joylashgan. 
Sitoplazmasida 
bitta 
qisqaruvchi vakuola va bitta yadrosi bor. Seratsium ikkiga bo'linish yo'li 
bilan ko'payadi (3-rasm).
10


Ishtiing bajarilishi.
1. Evglena kulturasidan bir tomchi olib buyum 
Oynasiga tomizing va uning ustini qoplag‘ich oynacha bilan yopib 
mikroskop ostida ko‘ring. Evglenaning duksimon tanasini, uning 
protoplazmatik xivchini va harakatini kuzatishingiz mumkin.
2. 
Evglenaning 
tuzilishini 
o'rganish 
uchun 
tayyorlangan 
preparatdagi ortiqcha suvni filtr qog'ozchalariga shimdirib, evglenaning 
harakati sekinlashtiriladi. Keyin xivchin asosida joylashgan qizil 
nuqtacha-«ko’zcha»ga e’tibor bering, qisqaruvchi vakuolani, uning 
rezrvuarini va yashil rangdagi xromatoforalarni kuzating.
3-rasm. Seratsium (Ceratium hirudinella) ning tuzilishi (Averinsev, 1962):
l-qalqon plastinkalaridan biri; 2-yadro; 3-egatcha; 4-xivchin; 5-qalqon o'simtalari
6-xromatoforlar
3. So‘ngra evglena endoplazmasiga diqqat bilan qarab, uzunchoq 
yashil tanachalar-xromatoforalami va juda mayda rangsiz pigmentli 
donalarini ko‘rasiz.
4. Evglenalar mavjud suvdan bir tomchi buyum shishasi ustiga 
tomizib yangi preparat tayyoriab, uning ustiga yodning kuchsiz 
eritmasidan bir tomchi tomizing. Yod ta'sirida evglena xivchini bo'kadi 
va yo’g'onroq bo'lib ko'rinadi, paramil donachalari esa qo'ng'ir tusga 
kiradi.
5. Seratsium mavjud bo'lgan suvdan bir tomchi olib, buyum 
oynasining ustiga tomizing va uni mum yoki plastilin oyoqchalarga ega 
bo'lgan qoplag’ich oynacha bilan yoping.
ii


6. Preparatni oldin mikroskopning kichik ob'ektivi keyin esa katta 
ob'ektivi 
orqali 
kuzatib, 
seratsium 
qalqonning 
tuzilishiga 
va 
o'simtalariga e'tibor bering.
7. Evglena va seratsium rasmlarini chizing.
3-ish. Volvoksning tuzilishi va ko‘payishi 
Volvoksning sistem atiko‘rni 
Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora 
Kenja tip. Xivchinlilar-M astigophora 
Sinf. 0 ‘simliksimon xivchinlilar-Phytomastigina 
T urkum . Fitom onadalar-Phytomonadina 
Vakil. Volvoks-Volvox globator
Dars maqsadi.
0 ‘simliksimon xivchinlilarni koloniyali formalarini 
volvoks misolida o‘rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
2.1. Volvoksning tuzilishi va ko‘payishini tushuntira oladi.
2.2. Volvokslar koloniyasidagi individlami farqlay oladi.
Kerakli preparatlar va jihozlar.
Volvokslar bor bo‘Igan suv (4-5%
li formalinda fiksatsiya qilingan materialdan yoki volvoksning tayyor 
preparatlaridan ham foydalanish mumkin), mikroskoplar, tomizgichlar
qirqilgan filtr qog‘ozlari, buyum va qoplag‘ich oynalar, mum yoki 
plastilin bo‘lakchalari, volvoksning tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar.
Ishning mazmunL
Yumaloq shakldagi yashil volvoksni ko‘llarda, 
hovuzlarda, ba'zan sholipoyalarda uchratish mumkin (4-rasm).
Volvoksning shar shaklidagi tanasining kattaligi 
(Volvox globator) 2
mm gacha bo'ladi. Bu yirik volvoks koloniyasi 20 mingga yaqin mayda 
hujayralardan tashkil topgan. Ular sharsimon koloniyaning chetki 
qismiga yaqin joylashgan bo‘lib, shaming o‘rta qismi esa shilimshiq 
modda bilan to‘lgandir.
Koloniya tarkibidagi individlaming har biri 2 ta xivchinga, yadroga, 
xromatoforalarga, qisqaruvchi vakuola va stigmaga egadir. Shuning 
uchun ham koloniya tarkibidagi individlaming har bittasini mustaqil bir 
hujayrali organizmlar deb qarash mumkin. Lekin bu individlaming 
ko‘pchiligi bo‘linib ko‘payish xususiyatiga ega emas, ularni somatik 
hujayralar deb ham aytiladi. Ko‘payish xususiyatiga: ega bo‘lgan 
individlar koloniyada juda oz, ular atigi 4-10 tagina boMishi mumkin. 
Bular partenogonidiyalar yoki “ko‘payuvchi vegetativ hujayralar” 
bo‘Iib, somatik hujayralarga nisbatan 4-5 marta yirik va ozuqa moddaga 
boy.
12



\ V

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin