Ishning mazmunu
Yashil evglena
(Euglena viridis)
chirigan
organik moddalarga boy bo‘lgan koMmak suvlarda, hovuzlarda va
boshqa ifloslangan suviarda yashaydi. Lekin ular orasida
Euglena acus,
E. spirogyra
kabi turlari ham uchrashi mumkin. Evglenaning tanasi
duksimon, keyingi uchi o‘tkirlashgan boiadi (2-rasm).
Evglena sitoplazmasining asosiy organoidlaridan yana bittasi
qisqaruvchi vakuola bo‘lib, uning atrofida bir nechta yig‘uvchi
vakuolachalar mavjud. Vakuola qisqargan paytda suv va qoldiq
moddalar uning tashqi muhit bilan tutashgan rezervuariga o‘tadi va
tashqariga chiqariladi. Evglenaning tanasida xlorofill donachalariga ega
boMgan xromatoforlari bor. Shuning uchun ham ular o‘simliklar singari
fotosintez yo'li bilan oziqlanadi. U yorugMik ta'sirida karbonat angidrid
gazi va suvdan uglevodlami sintez qiluvchi avtotrof organizmdir. Bu
jarayonda hujayrada ehtiyoj ozuqa modda paramil (tarkibi o ‘simlik
kraxmaliga yaqin) to‘planadi. Lekin evglena qorong‘i joyda saqlansa
rangsizlanadi va pellikulasi orqali suvda erigan organik moddalarni
shimib, saprofit usulda oziqlanishga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: