Umurtqasizlar zoologiyasidan


D 4-rasm. Volvoks (Volvox globator): A-Volvox globator koloniyasining jinsiy



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

D
4-rasm. Volvoks (Volvox globator): A-Volvox globator koloniyasining jinsiy
hujayralari bo‘Igan bir qismi. B-Volvox aureus koloniyasining jinssiz ko‘payishi:
I-makrogameta, 2-mikrogameta!ar, 3-ona koloniya ichidagi yosh koloniyalar,
D-volvoks koloniyasidagi ikkitahujayrasi.
Partenogonidiyalar asosan, koloniyaning orqa qutbida joylashib
protoplazmatik ipchalar yordamida o‘zaro bog'lanmasdan, atrofdagi 
somatik hujayralar bilan bog‘langandir. Ularda hech qanday organoidlar 
bo'lmaydi, faqat ko‘payish uchun xizmat qiladi. Har bir volvoks 
koloniyasining 
taraqqiyoti 
ana 
shu 
partenogonidiyaning 
maydalanishidan boshlanadi. Bunda partenogonidiyalar shar ichidagi 
shilimshiq moddaga cho‘kadi va ko'p hujayrali hayvonlarning 
urug‘langan tuxum hujayrasining maydalanishi singari maydalana 
boshlaydi. Oldin 2 ga, 4 ga, 8 ga, 16 ga, 32 ga, 64 ga bo'linadi va 
nihoyat bo'linish kolloniya-dagi hujayralaming soniga baravar 
blastomerlar hosil bo'lguncha davom etadi. Masalan 
Volvox aureus
uchun 9-10 marta, 
Volvox globator
uchun esa 15 marta maydalanish 
kifoyadir. Natijada “ona” koloniyaning ichida bir necha yosh qiz 
koloniyalar rivojlanadi. Keyinchalik 
ularda volvoksning yangi 
koloniyasi hosil bo'ladi. Bunday rivojlanayotgan koloniya blastulaga 
o‘xshash shaklga egadir. Uning vegetativ qutbida bitta teshikchasi 
bo'lib, keyinchalik yo‘qolib ketadi va koloniya shar shaklida bo‘lib 
qoladi. Blastomerlar esa koloniyaning individlariga aylanadi. Bu
13


volvoksning 
jinssiz 
ko‘payishidir. 
Yuqorida 
bayon 
qilingan 
urug'lanmasdan b o iib o‘tadigan jinsiy ko‘payish partenogenez deb ham 
atash mumkin (partenogonidiyalar degan nom ham shundan kelib 
chiqqan).
Volvokslar orasida ikki jinsJi 
(Volvox globator)
va ayrim jinsli 
(Volvox aureus)
turlari uchraydi. Jinsiy ko‘payishda (Volvox aureus) 
urg‘ochi koloniyada makrogonidiyalar rivojlanib makrogametalar paydo 
bo‘ladi, erkak koloniyadagi mikrogonidiyalarda esa mikrogametalar 
hosil boMadi. Makrogametalar koloniyaning markaziy qismiga cho'kadi. 
Mikrogametalar esa tashqi muhitga chiqib, suvda suzib yuradi va oxiri 
boshqa koloniyaga kirib makrogameta bilan qo‘shiladi. Natijada hosil 
bo‘lgan zigota qaiin po'st bilan o‘ralib qishlab qoladi va bahorda 
rivojlanib, yangi koloniyani hosil qiladi.
Ishni bajarish tartibL
1. Volvoks koloniyasi mavjud bo‘lgan suv 
tomchisidan buyum oynasi ustiga tomizing. Keyin uning ustini mum 
yoki plastilindan iborat oyoqchali qoplag‘ich oynacha bilan yoping. 
Bunday 
vaqtincha preparatlarda volvoks 
koloniyasi shaklining 
harakatini va “ona” koloniya ichidagi “qiz” koloniyalami kuzatish 
mumkin.
2. Volvoks koloniyasini tashkil qilgan individlami o‘rganish uchun 
buyum oynasidagi volvoks bor bo'lgan suv tomchisi ustiga qoplag‘ich 
oyna yopiladi, uning ostidagi ortiqcha suv filtr qog‘ozga shimdiriladi, 
natijada volvoks koloniyasi yoriladi. Bunday preparatlardagi koloniya 
individlarini mikroskopning katta obyektivida kuzatish mumkin.
3. 
Volvoks koloniyasining tuzilishini va koloniyani tashkil qiluvchi 
individlarini o‘rganing.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin