45-rasm. Qum chuvalchangi
(Arenicola marina)ning
tuzilishi: 1-prostomiumi,
2-perestomiumi, 3-ag'darilgan qismi, 4-parapodiyning orqa shoxchasi, 5-
parapodiyning qorin shoxchasi, 6-jabralari, I-tananing parapodiyli qismi, II-
tananing parapodiyli va jabrali qismi, III-dum qismi. IV- tananing parapodiyli va
jabrali qismining kattalashtirilgan ko‘rinishi.
3. Parapodiylarning bo ‘yalgan mikropreparatlarini mikroskopning
kichik obyektivi orqali kuzatib, uning bo‘lakchaIarida joylashgan
tukchalarga, atsikulaga e'tibor bering va parapodiy tuzilishining rasmini
chizing.
4. Formalin eritmasida fiksatsiya qilingan qum chuvalchanglarini
Petri idishiga qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida kuzating. Uning mayda va
asosiy segmentlariga e'tibor bering. Ingichkalashgan dum qismini
farqlang va unda parapodiylarning bo‘ lmasligiga e'tibor bering.
Qum chuvalchangining umumiy ko‘rinishini chizing. Nereis va
Qum chuvalchang haqida bilimingizni nazorat qilish uchun
quyidagi test topshiriqlariga javob bering. C=37
1. Ko‘p tuklilar sinfi vakillarini belgilang: A-qizil chuvalchang, B-
qum chuvalchangi, V-yom g‘ir chuvalchangi, G-palolo, D-nereis, E-
soxta zuluk, J-dengiz sichqoni, Z-serpula, I-stilariya, K-qisqichbaqa
zulugi.
2. Nereida qanday tuzilgan? A-boshi ixtisoslashgan, tanasiga
nisbatan kengroq b o ia d i, B-har bir tana bo‘g‘imida to‘rt juftdan qiliari
bor, V-boshi konussimon, G-har bir bo‘g ‘imida bir juftdan parapodiylari
124
bor, D-tanasi har xil bo‘g ‘imlardan iborat, E-tanasi bir xil bo‘g ‘im!ardan
iborat.
3. Nereida boshida qanday sezgi organlari joylashgan? A-bir necha
tutam tuklar, B-bir juft paypasiagichlar, V-4 juft mo‘ylovlar, G-2 juft
mayda ko‘zchalar, D-bir juft kuraksimon o‘simtalar, E-bir juft tuklar, J-
bir juft hidlov chuqurchasi, Z-bir juft oddiy ko‘zlar.
4. Nereida bosh bo‘limi qanday tuzilgan? A-kuraksimon muskulli
kalta o ‘simtalardan iborat, В-bar bir bo‘g ‘imida bir juftdan joylashgan,
V-og‘izoldi va bosh bo'limlardan iborat, G-og‘izoldi boMimida bir
juftdan paypaslagichlari va m o‘ylovlari bor, D-orqa va qorin shoxlardan
iborat, E-har bir shoxlari asosida bittadan m o‘ylovlari bor, J-bosh
bo’limida ikki tutam tuklari bor, I-har bir shoxida bittadan tayanch
qillari bor, K-bosh bo‘limi qorin tomonida og‘zi joylashgan, L-dum
qismida parapodiyalari boMmaydi.
5. Nereida parapodiyalari qanday tuzilgan? (4-topshiriqqa qarang).
6. Ko‘ptuklilarning ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan? A-
og‘iz bo‘shlig‘i, B-qizilo‘ngach, V-halqum, G-oldingi ichak, D-ingichka
ichak, E-o‘rta ichak, J-oshqozon, Z-to‘g ‘ri ichak, I-orqa ichak, K-anal
teshigi.
7. Nereisning ayirish organi qanday tuzilgan? A-ayirish organi
protonefridiy tipida, B-ayirish organi metanefridiy tipida, V-har bir tana
segmentida ikki juftdan nefridiylar joylashgan, G-har bir tana
segmentida bir juftdan nefridiylar joylashgan.
8. Nereisning ko‘payishi va rivojlanishi qanday kechadi? A-
germafrodit, B-ayrim jinsli, V-otalanish ichki, G-otalanish tashqi, D-
rivojlanishii o‘zgarishsiz, E-rivojlanishi metamorfozli.
9. Qumchuvalchangning o ‘ziga xos tuzilish belgilarini ko‘rsating:
A-erkin harakatlanib hayot kechiradi, B-o‘troq holda yashaydi, V-
yirtqich, G-chirindixo‘r, D-tanasi gomonom segmentlardan iborat, E-
tanasi
geteronom
segmentlardan
iborat,
J-parapodiyalari
sust
rivojlangan, Z-parapodiyalsri kuchli rivojlangan.
125
|