tomonidan qorin tomoniga qarab biroz yassilangan. Oldingi uchida og‘iz
so‘rg‘ichi (so‘rg‘ichning o ‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan), dum
qismida esa ancha katta anal so‘rg‘ichi bor (49-rasm).
Anal teshigi ana shu so‘rg‘ichning ustki qismida joylashgan.
Zuluklaming tanasi segmentlarga bo'lingan, lekin bu haqiqiy segmentlar
emas, chunki tashqi bo‘g ‘imlaming soni (102 ta) ichki bo‘g‘imlar soniga
(33) teng emas. Segmentlarida, hatto bosh qismida ham hech qanday
paypaslagichlar va parapodiylar bo'lmaydi.
Bosh qismining yelka tomonida besh ju ft ko‘zchalar joylashgan.
Zuluklar so‘rg‘ichlari
yordamida substratga yopishib, «qadamlab»
harakatlanadi. Suvda suzganida esa butun gavdasi bilan to‘lqinsimon
harakat qiladi, ya'ni zulukning tanasi orqa va qorin tomonlariga qarab
egiladi. Zuluklaming so‘rg ‘ichlari, yopishish organi bo‘lib ham xizmat
qiladi. Zuluklar terisining ustki qismi yupqa kutikula bilan qoplangan,
uning ostidagi bir qavatli epiteliyda shilliq modda ajratadigan juda ko‘p
bezlar joylashgan. Ichki organlaming orasidagi bo‘shliq g‘ovak
biriktiruvchi to ‘qima-parenxima bilan to'lgan. Zuluklarda haqiqiy tana
bo ‘shlig‘i bo‘lmasdan, ikkilamchi tana bo‘shlig‘i-selomning qoldig‘i
sifatida lakunar sistemasi mavjud.
Tibbiyot zulugi jag ‘li zuluklar turkumiga kiradi. Uning og‘iz
b o ‘shlig‘ida bir-biriga
qarama-qarshi joylashgan, xitindan iborat 3 ta
ja g ‘i bor. Ulaming ustki qismi qirrali, o‘tkirlashgan bo‘lib, unda 80-90
ta mayda tishchalar mavjud. Bular yordamida qon so‘rish paytida
zuluklar xo‘jayinining terisini kesadi. Shuning uchun ham terida zuluk
qon so'rganidan keyin 3 qirrali chandiq izlari qoladi. Zulukning halqumi
atrofida girudin suyuqligi ajratuvchi bezlar joylashgan. Girudin
suyuqligi
qonni ivib qolishidan saqlaydi, natijada zuluk qon so‘rayotgan
paytida u uzluksiz oqib turadi, hatto zuluk to‘yib tushganidan keyin ham
qon oqib urishi mumkin.
O g‘iz bo‘shlig‘i va halqum ichakning ektodermadan hosil bo‘lgan
oldingi qismini tashkil qiladi. Undan keyin esa endodermadan hosil
b o ig a n o ‘rta ichak yoki “jig ‘ildon” boshlanadi. Uning ikkala yon
tomonida 10-11 juft, keyingi uchi berk o‘simtalar-divertikulalar
mavjuddir. Shulardan eng oxirgi o ‘simtasi uzun bo‘lib, u tananing oxirgi
uchigacha cho‘ziladi. Bu o‘simtalarda girudin bilan aralashgan qon uzoq
m uddat ivimasdan saqlanadi. Shuning uchun ham zuluk bir yilgacha qon
so‘rmasdan yashashi mumkin. Orqa ichakning oldingi qismi ovqatni
shimish vazifasini bajaradi, keyingi qismi
esa pufaksimon kengayib
ektodermadan hosil boMgan to‘g ‘ri ichakni tashkil qiladi (50-rasm).
135