8 14
1
n I i 13 -I
У 5
6
47-rasm . Y om g’ir chuvlchangining ichki tuzilishi: 1-og’zi, 2-halqumi, 3- qorin qon tomiri 4-jig’iIdoni, 5-oshqozoni, 6-ichagi, 7-yuragi, 8-orqa qon tomiri, 9- qorin nerv zanjiri, IO-tana bo’shlig’i, 1 l-halqum usti nerv tuguni, 12-halqum osti nerv tuguni, 13-qorin nerv tuguni. Yomg‘ir chuvaichangining ayiruv organlari uning har bir
segmentida bir juftdan joylashgan kiprikli voronkasimon nefridiylardan
iborat. Naychalarining uchi navbatdagi segmentda tashqariga ochiladi.
Nefridiylar barcha segmentlarda takrorlanadi, shunga ko'ra, ularni
metanefridiylar deb ataladi.
Nerv sistemasi chuvalchangning oldingi qismidagi ju ft halqum usti
nerv tuguni-bosh miyadan boshlanadi. Bu nerv tugunidan chiqadigan
ikkita konnektivalar tamoqni halqa shaklida aylanib o‘tadi va halqum
osti nerv tuguni bilan bog‘lab turadi. Bular hammasi birgalikda
markaziy nerv sistemasini hosil qiladi. Halqum osti nerv tugunidan
boshlanadigan qorin nerv zanjiri har bir segmentdagi nerv tugunlarining
o ‘zaro komissuralar bilan ulanib ketishidan paydo bo‘ladi.
Qon aylanish sistemasi yopiq, qon suyuqligi faqat tomirlarda
harakatlanadi. Asosiy katta qon tomirlari ikkita, orqa qon tomiri
ichakning ustki qismidan o‘tadi (48-rasm). Unda muskullar ancha
rivojlanganligi uchun qisqarish va kengayish xususiyatiga ega. Natijada
u qonni harakatlantiradi. Qorin qon tomiri ichakning pastki tomonidan
o‘tadi.
130
а
48-rasm. Y om g‘ir chuvalchangining k o ‘ndalang kesimi: 1-metanefridiy, 2-metanefridiy voronkasi, 3-qorin nerv zanjiri gangliysi, 4-teri epiteliysi, 5-ko‘ndalang muskullar, 6-bo‘ylama muskullar, 7-qillar, 8-ichak tiflozoli,