Umurtqasizlar zoologiyasidan


Kerakli materiallar va jihozlar



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Kerakli materiallar va jihozlar.
Tok shilliq qurtining tashqi va ichki 
tuzilishi aks ettirilgan jadval, dala shillig*ining ho‘l preparatlari, turli 
qorinoyoqlilarning chig'anoqlari, lupa.
Dars maqsadl
Tok shilliq qurti yoki dala shillig'i misolida 
qorinoyoqli 
mollyuskalar 
sinfming 
xarakterli 
tuzilish 
belgilari, 
ko'payishi va rivojlanishini o‘rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari:
1. Tok shillig'i yoki dala shillig‘i tuzilish (tashqi va ichki)ni 
tushuntira oladi.
2. Qorinoyoqlilar sinfi vakillarining ko‘payishi va rivojlanishi 
haqida m a’lumotga ega.
Ishning mazmunL
Tok shilliq qurti va dala shillig‘i qorinoyoqlilar 
sinfming vakillari hisoblanadi. Gavdasi bosh, tana va yagona oyoqdan 
iborat. Boshida bir yoki ikki juft paypaslagichi va ko'zlari bo'ladi. Bu 
mollyuskalarning oyog‘i qorin tomonida bo'ladi (51-rasm). Bu sinfga 
kiruvchilarda chig‘anoq konus shaklida buralgan yoki spiral naycha deb 
ataladigan uzun naychadan iborat bo'ladi. Chig'anog'ining berk uchi 
tepasi, ochiq uchi esa og'zi deyiladi. Qorinoyoqlilarning chig'anoqlari 
uchta qatlamdan: konxiolin, prizmatik va sadaf qatlamlaridan iborat.
139


51-rasm. Т ок shilliq qurtining tashqi tuzilishi: 1-boshi, 2-lab paypaslagichi,
3-ko‘z paypaslagichi, 4- ko‘zi, 5-og‘iz bo‘shlig‘i, 6-oyog‘i, 7-jinsiy teshigi, 8-
nafas olish teshigi, 9-13-chig‘anoqning tuzilishi (9-cho‘qqisi, 10-11-gajaklari, 12-
og‘izcha,13-og‘izcha qirrasi).
Chuchuk suv shillig‘i ko'pincha ko'lmak, hovuz, botqoqliklar, 
daryo va ko‘llarda yashaydi. Uning tanasi spiral buralgan katta og‘izli 
chig‘anoq ichida joylashgan. Chig‘anoqning balandligi 5-10 mm bo‘lib, 
usti yashil-jigarrang. Tanasi mantiya bilan qoplangan va chig‘anoq 
buramasiga mos holda spiral buralgan.
Chig‘anoq og‘zi orqali bosh, oyoq va gavdasining oldingi qismini 
tashqariga chiqishi mumkin. Oyog‘i yassi bo'Iib, tanasining qorin 
qismini 
egallaydi. 
Oyoq muskullarining to'lqinsim on qisqarishi 
natijasida shilliq sekin sirpanib harakatlanadi. Boshining ostki tomonida 
og‘zi, boshning ikki yonida ikkita paypaslagichlari joylashgan. Agar 
paypaslagichlarga 
ta’sir etilsa, 
mollyuska 
boshini 
va 
oyog'ini 
chig‘anog‘i ichiga tortib oladi. Paypaslagichlarining asosida bittadan 
ko‘zi bor.
Suv shillig'i o'sim liklar bilan oziqlanadi. Og‘zi halqumga ochiladi. 
Halqumida muskulli tili joylashgan. Tilining usti juda ko‘p mayda 
tishchalar bilan qoplangan. Bunday qirg'ichli til yordamida suv shillig'i 
o‘simlik to'qim alari yoki mayda organizmlami qirib oladi. Oziq halqum 
va qizilo'ngach orqali oshqozonga tushib hazm bo‘la boshlaydi. Hazm 
bo‘lish jarayon’i hazm qilish bezi-jigarda davom etadi va ichakda 
tugallanadi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismini orqa chiqaruv teshigi 
orqali tashqariga chiqaradi.
Suv shillig'i o ‘pka orqali nafas oladi. Buning uchun shilliq suv 
yuzasiga ko‘tari!adi va chig'anoq chetida joylashgan katta yumaloq 
nafas olish teshigini ochadi. Havo shu teshik orqali mantiya
140


bo'shlig'idan hosil bo‘lgan o ‘pka xaltasiga o'tadi. 0 ‘pka devorida juda 
ko'p qon tomirlari bo'ladi. Bu tomirlardagi qonga kislorod o'tib, qondan 
karbonat angidrid ajraladi (52-rasm).

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin