Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev





17 
7
52-rasm . Qorinoyoqli m ollyuskalarning ichki tuzilishi sxem asi: I-chig’anog'i,
2-ko‘zi, 3-paypaslagichi, 4-bosh nerv gangliysi, 5-oyoq nerv gangliysi, 6-plevral
nerv gangliysi, 7-visseral nerv gangliysi, 8-statotsisti, 9-oyog'i, 10-yuragi, 11-
yurak oldi xaltasi bo‘shlig’i, 12-jabralari, 13-ayirish organlari, 14-qirg'ichi, 15-
so ‘lakbezi, 16-jigari, 17-orqa ichagi, 18-jinsiy bezi.
Yuragi ikki kamerali bo‘lib, yurak oldi boMmasi va yurak 
qorinchasidan iborat. Yurak devori muskullari qisqarishi natijasida qon 
yurak qorinchasidan tomirlarga haydaladi. Yirik qon tomirlari mayda 
kapillarlarga o ‘tib, ulardan qon organlar orasidagi bo‘shliqqa borib 
quyiladi. Shuning uchun qon aylanish sistemasi ochiq deyiladi. Tana 
bo‘shlig‘idan qon tomirlarga o‘tib, o‘pkaga boradi va kislorodga 
to‘yinadi; so'ngra yurak oldi bo‘lmasiga, undan yurak qorinchasiga 
o'tadi. Suv shillig‘ining qoni rangsiz bo'ladi.
Ayirish sistemasi metanefridiy tipidagi yagona buyrakdan iborat. 
Buyrakdan oqib o'tuvchi qon zararli moddalardan tozalanadi. Bu 
moddalar orqa chiqaruv teshigi yonida joylashgan teshik orqali 
tashqariga chiqarib yuboriladi.
N erv sistemasi nerv tugunlaridan iborat. Dala shilig'ida jinsiy bez 
toq bo'Iib, uni germafrodit bez deb aytiladi. Bu bez bir vaqtda ham 
tuxum, ham spermatazoid hosil qiladi.
141


Ishning bajarilish tartibl
Dala shillig‘ning harakatini kuzating
buning uchun shisha bo‘lakchasining ustiga shilliqqurtni qo‘yib u 
harakatlanguncha kuting. Keyin shishani qo ‘lga olib ostki tomonidan 
dala shilliqqurtining harakatini e ’tibor bilan kuzating. Qorin tomonidagi 
oyoq vazifasini bajaradigan muskullami tananing orqa uchidan oldingi 
uchiga qarab to‘lqinsirnon qisqarishiga e ’tibor bering. Shisha ustida 
harakatlanayotgan shilliqqurtning izida qolayotgan shilliq moddani 
kuzating. Shilliqqurtning paypaslagichlariga preparoval nina tegizib
ta’sirlanishiga 
e ’tibor 
bering. 
Oziqlanishini 
kuzatish 
uchun 
shilliqqurtning oldiga sabzi, karam bo‘lakchalari yoki o ‘simliklarning 
barglari solinadi. Biroz vaqt o ‘tgandan keyin u radulasi yordamida 
ovqatni qirib ola boshlaydi. Q o‘l lupasi yordamida paypaslagichlarining 
ustidagi ko‘zlarini, uning asosidagi jinsiy teshigini va tananing yon 
tomonidagi nafas olish teshigini kuzating.
Dala shilliqqurti ichki organlarining tuzilishini o ‘rganish uchun 
kichkina bolg‘acha yordamida uning chig‘anog‘i asta-sekin sindiriladi 
va chig‘anoq boMaklari qisqich bilan olib tashlanadi. Keyin oyoq tomoni 
bilan pastga qaratib vannachaga to‘g ‘nog‘ichlar bilan mahkamla'nadi va 
ustiga suv quyiladi. Yelka tomonidan kuzatib, mantiyasini, uning 
chig‘anog‘i singari spiral shaklda buralganligiga e’tibor bering.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin