uning devori seloteliya yoki endoteliya orqali ajralib turadi. Teri
epiteliydagi ayrim 'hujayralar qillar hosil qiladi. Tarkibi jihatidan qillar
xitinga o'xshash moddadan tashkil topgan. Ularning asosida muskul
tolalari joylashadi. Shuning uchun ham qillar ichkariga, tashqariga,
oldinga va orqa tomonga qarab harakat qilishi mumkin.
Kesmaning o‘rta qismida ichakning kesmasi ko‘rinadi, uning ustki
tomoni selomning devorini hosil qiladigan seloteliya bilan qoplangan.
Undagi xloragogen hujayralarida har xil donachalar shaklida ayirish
moddalari to‘planadi. Keyin bu hujayralar ichak devoridan uzilib, selom
suyuqligiga tushadi va erib ketadi. 0 ‘rta ichakning devori orqa
tomonidan ichak bo‘shlig‘i ichiga qarab burama hosil qilib, botib turgan
b o iad i, bu ichakning ovqat shimadigan sathini kengaytiradigan
tiflozolisdir. Ichak kesmasining ustida va ostida orqa va qorin qon
tomirlarining kesmasi ko‘rinadi. Ikkilamchi tana bo‘shliq-selomda juft
metanefridiylar
joylashgan.
Lekin
chuvalchangning
ko‘ndalang
kesmasida ularning ko‘rinishi har xil shaklda bo'ladi, sababi kesma
chuvalchang tanasining qaysi qismidan tayyorlanganligiga bog'liq.
Metanefridiy naychalarining ichki tomoni epiteliy to'qim asining
kiprikchali hujayralari bilan qoplangan. Ular yordamida qoldiq moddalar
tashqariga haydaladi. Kesma chuvalchangning qaysi qismidan o'tishiga
qarab, nerv sistemasi har xil ko'rinishda bo'lishi mumkin, lekin qorin
nerv zanjiri aniq ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: