Kenja tip. Belbog‘sizlar-AcliteIlata Sinf. Ko‘ptukli halqali chuvalchanglar-Polychaeta Kenja sinf. O‘troq yashovchi ko‘ptukli halqali chuvalchanglar- Sedentaria Vakil. Qum chuvalchangi-Arenicola marina Ishning mazmunL Qum chuvalchangi ham Barens va Oq
dengizlarda, qum-tuproqdan tashkil topgan sohil zonalarida yoysimon
inda yashaydi. Inning ikkala tomonida ham tashqariga ochiladigan
og‘izchasi boladi.
Qum orasida o‘troq hayot kechirganligi uchun uning tana tuzilishi
ancha o ‘zgargan. Gavdasining tashqi tomonida ko'rinadigan har bir 3-5
ta yonsiz segmentidan keyin bitta haqiqiy segmenti joylashgan (45-
rasm).
Bunday
haqiqiy
segmentlardagi
parapodiylar
nereisning
parapodiylariga nisbatan sust rivojlangan va ular faqat tananing oldingi
qismidagina uchraydi. Ingichkalashgan dum qismida esa parapodiylari
bo‘lmaydi. Gavdasining o‘rta qismidagi parapodiylari jabralar bilan
qo‘shilib ketgan. Qum chuvalchanglari xuddi yomg‘ir chuvalchanglari
singari organik chirindi moddalarga (detrit) boy bo‘lgan balchiqni ichagi
orqali
o ‘tkazib,
uning
hisobiga
oziqlanadi.
Nereis
va
qum
chuvalchanglari ovlanadigan baliqlar va suv qushlari uchun asosiy ozuqa
hisoblanadi.
Ishni hajarish tartibi: 1. Formalin eritmasida fiksatsiyalangan
nereislardan 1-2 tasini Petri idishiga qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida
ularning tashqi tuzilishini o'rganing. Tanasining bir xil bo‘g‘inlardan
iborat ekanligiga va ularning yon tomonlarida joylashgan parapodiylarga
e'tibor bering.
2.
Mikroskopning kichik obyektivi orqali nereis bosh qismining
mikropreparatlarini kuzating, undagi paypaslagichlarini, palpalarini va
prostomiumining tepa qismidagi ko‘zlarini toping. Prostomium bilan
perestomiumni bir-biridan farqlang va nereis bosh qismi tuzilishining
rasmini chizing. Keyin xuddi shu usul bilan kuzatib, nereisning dum
qismini, anal paypaslagichlarini toping va uning rasmini chizing.
123