Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Ishni bajarlsh tartibi:
1. Yomg‘ir chuvalchangini yorish uchun uni 
10-15° li spirt eritmasiga solib, 10-15 daqiqa davomida o ‘ldiriladi. 
Keyin uning ustida hosil b o ig a n shiliq moddalar suv bilan yuvib 
tashlanadi. Chuvalchang vannachaga qorin tomoni bilan joylanib, bosh 
gangliysini shikastlantirmaslik uchun sal chetrog‘idan to ‘g‘nag‘ich bilan 
sanchib qo'yiladi. Ikkinchi to ‘g‘nag‘ich yordamida dumining uchidan 
tarang tortib vannachadagi mumga sanchib mahkamlanadi. Shundan 
keyin tanasining oxirgi uchiga yaqin joyidan o‘tkir uchli qaychi 
yordamida terisi ko‘ndalangiga kesiladi. So‘ngra qaychining bir uchi 
juda yupqa terining ostiga kirgizilib chuvalchangning bosh tomoniga 
qarab kesiladi va qirqilgan teri to ‘g‘nag‘ichlar bilan ikki tomonga 
vannachaga sanchib qo'yiladi. Ichki organlari ochilgan yom g‘ir 
chuvalchanglarini qo‘l lupasi yordamida ovqat hazm qilish organlarini 
o ‘rganing va qizilo‘ngach atrofidagi halqasimon qon tomirlarini 
kuzating. Qonning qizil rangda bo‘lishiga e'tibor bering.
2. 
Nerv sistemasini o ‘rganish uchun halqum ostida joylashgan oq 
rangdagi nerv tugunini toping, keyin ichakni kesib olib tashlab, uning 
ostidagi qorin nerv zanjirini kuzating. Ovqat hazm qilish, qon aylanish, 
nerv va jinsiy organlar sistemalarining rasmlarini albomga chizing.
Yomg‘ir chuvaichangining tuzilishi va ko'payishi haqidagi
bilimingizni nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqlariga javob
bering. C=48
1. Yomg‘ir chuvalchangi qanday tuzilgan? A-har bir halqasida 4 
juftdan qillari bor, B-har bir halqasida 1 juftdan tuklari bor, V-tanasining 
oldingi qismi konussimon, G-tanasining oldingi uchi to ‘mtoq, D- 
tanasining oldingi qismida belbog‘i bor, E-belbog‘i bo‘lmaydi, J- 
tanasining 15-22 segmenlari yo‘g‘onlashib belbog1 hosil qiladi, Z- 
tanasining 32-37 segmenlari yelka tomonidan ancha yo‘g ‘onlashib, 
belbog1 hosil qiladi, I- tana segmenlari har xil, K-tana segmenlari bir xil.
2. Y om g‘ir chuvalchangi tashqi tuzilishining yashashga moslashuv 
belgilarini ko‘rsating: A-boshidagi o ‘simtalari qisqargan, B-boshi kuchli 
rivojlangan, V-boshi konussimon, G~boshida o ‘simtalari reduktsiyaga
132


uchragan, D-har bir tana bo‘g‘imida 4 juftdan tuklari bor, E-terisi 
kutikula bilan qoplangan, J-terisi qalin, Z-terisi yupqa, shilimshiq modda 
bilan qoplangan, I-tuklarining uchki qismi orqaga egilgan, K-tuklarining 
0
‘tkir uchi oldinga egilgan.
3. Yomg‘ir chuvalchangi teri-muskul xaltasi qismlari va ular 
funktsiyasini juftlab k o ’rsating: A-shilimshiq epiteliy, B-tuklar, V-haiqa 
muskullar, G-bo‘ylam a muskullar, D-ichki epiteliy, E-selom: 1-tana 
bo‘shlig‘ini 
o ‘rab 
turadi, 
2-harakatlanish 
va 
nafas 
olishni 
yengillashtiradi, 3-tanani cho'zadi, 4-ichki organlar joylashadi, 5-tanani 
qisqartiradi, 6-harakatlanganda tayanch vazifasini bajaradi.
4. Yomg‘ir chuvalchangi hazm qilish organi bo‘limiarini ketma-ket 
joylashtiring: A-jig‘ildon, B-o‘rta ichak, V-qizilo‘ngach, G-oshqozon
D-orqa ichak, E-halqum.
5. Hazm qilish sistemasi qismlari va ular funktsiyasini juftlab 
ko'rsating: A-halqum, B-jig‘ildon, V-oshqozon, G -o‘rta ichak, D-ichak 
devori botiqlari: 1-oziqni maydalaydi, 2-hazm yuzasini kengaytiradi. 3- 
Oziqni 
hazm 
qiladi, 
4-oziqni 
ichakka 
so‘rib 
oladi, 
5-oziqni 
lEararsizlantiradi.
6. Yom g‘ir chuvalchangi qon aylanish sistemasi yo’nalishini 
lcyurak»dan boshlab tartib bilan ko'rsating: A-orqa qon tomiri, B-qorin 
l)on tomiri, V-halqum atrofi halqa qon tomiri.
7. Y om g'ir chuvalchangining nafas olishi va nafas chiqarishini 
tertib bilan ko‘rsating: A-almashinuv mahsulotlari qonga chiqariladi, B- 
kislorod teri kapillarlariga o'tadi, V-kislorod qonga shimiladi, G- 
Idslorod terining shilimshiq moddasida eriydi, D-kislorod to ‘qimalarga 
tarqaladi.
8. Yom g‘ir chuvalchangining tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan? A- 
luyuqlik bilan to ‘lgan, B-yupqa parda bilan bo‘lmalarga ajralgan, V-tana 
devori ko‘p qavat hujayralar bilan qoplangan, G-devorida hujayralari 
bo'lm aydi, D-devori bir qavat hujayralardan iborat, E-devori muskul 
bilan qoplangan.
j' 
9. Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan? A- 
bosh tomonida bir ju ft halqum usti nerv tuguni, B-halqum yoni nerv 
ituguni, V-halqum osti nerv tuguni, G-qizilo‘ngach nerv tuguni, D-qorin 
nerv zanjiri, E-tana nerv tolalari.
10. 
Yomg‘ir chuvalchangi qanday ko‘payadi? A-germafrodit, B- 
ayrim jinsii, V-urug‘doni bir juft, G-urug‘doni ikki juft, D-erkaklik 
jinsiy teshigi 13-segmentda ochiladi, J-urg‘ochilik jinsiy teshigi 12- 
segmentda ochiladi, Z-urg‘ochilik jinsiy teshigi 14-segmentda ochiladi,
133


I-tuxumdoni toq, K-tuxumdoni bir juft, L-urg‘ochisida 9 va 10- 
segmentlarida ikki juft urug‘ qabul qiluvchilari bor, M -urg‘ochisida 9 va 
10-segmentlarida bir juft urug‘ qabul qiluvchilari bor.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin