Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

50-rasm . T ibbiyot zulugi 
(Himdo medicinalis)
ning ichki tuzilishi: 1-serebral
gangliysi, 2-haIqumi, 3-qizilo‘ngachi, 4-oshqozoni, 5-oshqozonining orqa
o ‘simtasi, 6-o ‘rta ichagi, 7-orqa ichagi, 8-anal teshigi, 9-orqa so‘rg‘ichi, 10-qorin
nerv zanjiri gangliysi, 11-metanefridiylari, 12-siydik pufagi, 13-urug‘ xaltasi, 14-
urug‘ yo'li, 15-metanefridiysiningkipriklivoronka-lari, 16-qini, 17-tuxum xaltasi
ichida tuxumi bilan, 18-urug‘don o'simtasi, 19-penis (urug‘ to'kish nayi),
20-qo‘shimcha bezi, 21-yon lakuni.
Zuluklarning nerv sistemasi 
halqum usti 
va uning bilan 
konnektivalar yordamida tutashgan halqum osti nerv tugunlaridan va 
qorin nerv zanjiridan iborat. Ayirish organlari 17 juft metanefridiylardan 
iborat.
Tibbiyot zulugida haqiqiy qon aylanish sistemasi bo'lmaydi. Uning 
vazifasini selomning qoldig'i bo'lgan lakun sistemasi bajaradi. Bu 
sistema asosan 4 ta bo'ylam a kanaldan iborat bo'Iib, ular yelka, qorin va 
ikkala yon tomonlarida joylashgan. Hamma zuluklar, shu jumladan
tibbiyot zulugi ham germafrodit. Tanasining o'rta qismida metamer 
holatda 9 ju ft urug'donlar joylashgan. Ulardan chiqqan qisqa naychalar 
urug' yo'llariga kelib tutashadi. Urug' yo'llari esa 10-segmentda 
qo'shilish organiga kelib ochiladi. U zuluklar o'zaro qo'shilish paytida
136


tashqariga qayrilib chiqish xususiyatiga ega. Tuxumdonlari bir juft 
bo‘Iib, ulardan boshlanadigan tuxum yo'llari birga qo‘shlib buralgan 
qisqa bachadonga aylanadi.
Bachadonining keyingi qismi kengayib erkaklik jinsiy teshigidan 
keyin 12-segmentda tashqariga ochiladigan qinni tashkil qiladi. Zuluklar 
tuxumlarini pillaga o‘rab suv ostidagi har xil narsalarga yoki suv 
o‘simliklariga yopishtirib qo‘yadi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin