51-rasm. Т ок shilliq qurtining tashqi tuzilishi: 1-boshi, 2-lab paypaslagichi,
3-ko‘z paypaslagichi, 4- ko‘zi, 5-og‘iz bo‘shlig‘i, 6-oyog‘i, 7-jinsiy teshigi, 8-
nafas olish teshigi, 9-13-chig‘anoqning tuzilishi (9-cho‘qqisi, 10-11-gajaklari, 12-
og‘izcha,13-og‘izcha qirrasi).
Chuchuk suv shillig‘i ko'pincha ko'lmak, hovuz, botqoqliklar,
daryo va ko‘llarda yashaydi. Uning tanasi spiral buralgan katta og‘izli
chig‘anoq ichida joylashgan. Chig‘anoqning balandligi 5-10 mm bo‘lib,
usti yashil-jigarrang. Tanasi mantiya bilan qoplangan va chig‘anoq
buramasiga mos holda spiral buralgan.
Chig‘anoq og‘zi
orqali bosh, oyoq va gavdasining oldingi qismini
tashqariga chiqishi mumkin. Oyog‘i yassi bo'Iib, tanasining qorin
qismini
egallaydi.
Oyoq muskullarining to'lqinsim on
qisqarishi
natijasida shilliq sekin sirpanib harakatlanadi. Boshining ostki tomonida
og‘zi, boshning ikki yonida ikkita paypaslagichlari joylashgan. Agar
paypaslagichlarga
ta’sir etilsa,
mollyuska
boshini
va
oyog'ini
chig‘anog‘i ichiga tortib oladi. Paypaslagichlarining asosida bittadan
ko‘zi bor.
Suv shillig'i o'sim liklar bilan oziqlanadi. Og‘zi halqumga ochiladi.
Halqumida muskulli tili joylashgan. Tilining usti juda ko‘p
mayda
tishchalar bilan qoplangan. Bunday qirg'ichli til yordamida suv shillig'i
o‘simlik to'qim alari yoki mayda organizmlami qirib oladi. Oziq halqum
va qizilo'ngach orqali oshqozonga tushib hazm bo‘la boshlaydi. Hazm
bo‘lish jarayon’i hazm qilish bezi-jigarda davom etadi va ichakda
tugallanadi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismini
orqa chiqaruv teshigi
orqali tashqariga chiqaradi.
Suv shillig'i o ‘pka orqali nafas oladi. Buning uchun shilliq suv
yuzasiga ko‘tari!adi va chig'anoq chetida joylashgan katta yumaloq
nafas olish teshigini ochadi. Havo
shu teshik orqali mantiya
140
bo'shlig'idan hosil bo‘lgan o ‘pka xaltasiga o'tadi. 0 ‘pka devorida juda
ko'p qon tomirlari bo'ladi. Bu tomirlardagi qonga kislorod o'tib, qondan
karbonat angidrid ajraladi (52-rasm).
Dostları ilə paylaş: