Umurtqasizlar zoologiyasidan


-mashg‘ulot. Zuluklarning asosiy tuzilish xususiyatlari va



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

20-mashg‘ulot. Zuluklarning asosiy tuzilish xususiyatlari va
ko‘payishi
Tibbiyot zulogining sistematik o‘rni
Tip. Halqali chuvalchanglar-Annelides
Kenja tip. Belbog‘lilar-Clitellata
Sinf. Zuluklar-Hirudinea
Turkum. Jag‘li zuluklar-Gnathobdella
Vakil. Tibbiyot zulugi-Hirudo medicinalis
Kerakli 
materiallar 
va jihozlar:
Shisha 
idishda 
suvda 
saqlanayotgan tirik zuluklar, spirtda fiksatsiya qilingan zuluklar, zuluk 
tanasining ko‘ndaiang kesilgan mikropreparatlari, mikroskoplar, q o i 
lupalari, o ‘tkir uchli qaychilar, jarrohlik pichoqchalari, vannachalar, 
Petri 
shisha idishlar, qisqichlar, preparoval ninalar, lineykalar, 
zuluklarning tashqi va ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar.
M ashg‘ulotning maqsadi.
Zuluklarning o ‘ziga xos parazitlikka va 
yirtqichlikka moslashgan tuzilish belgilari, ko‘payisyi hamda rivojlanish 
siklini o'rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
1. Tibbiyot zulugining tana tuzilishini 
izohlay biladi.
2. Tibbiyot zulugini yashash muhiti va 
tarqalishini tushuntira oladi.
3. Zuluklami qon aylanish sistemasini 
izohlay oladi.
4. Tibbiyot zulugining jinsiy sistemasini 
tushuntira biladi.
Ishning mazmuni.
Tibbiyot zulugi 15-20 
sm uzunlikda bo'Iib, chuchuk suv havzalarida 
yashaydi. U ektoparazit, vaqti-vaqti bilan 
suvda yashovchi umurtqali hayvonlardan yoki 
suv atrofiga yaqin kelgan sutemizuvchilardan 
va 
odamlardan 
qon 
so‘radi. 
Endigina 49. rasm. Tibbiyot zulugi 
tuxumdan chiqqan mayda zuluklar ham 
(Hirudo medicinalis):
baliqlardan, 
suvda 
hamda 
quruqlikda 
I-oldingi so‘rg‘ichi, 
yashovchilardan qon so‘radi. Tanasi yelka 
2-keyingi so‘rg‘ichi.
134


tomonidan qorin tomoniga qarab biroz yassilangan. Oldingi uchida og‘iz 
so‘rg‘ichi (so‘rg‘ichning o ‘rtasida og‘iz teshigi joylashgan), dum 
qismida esa ancha katta anal so‘rg‘ichi bor (49-rasm).
Anal teshigi ana shu so‘rg‘ichning ustki qismida joylashgan. 
Zuluklaming tanasi segmentlarga bo'lingan, lekin bu haqiqiy segmentlar 
emas, chunki tashqi bo‘g ‘imlaming soni (102 ta) ichki bo‘g‘imlar soniga 
(33) teng emas. Segmentlarida, hatto bosh qismida ham hech qanday 
paypaslagichlar va parapodiylar bo'lmaydi.
Bosh qismining yelka tomonida besh ju ft ko‘zchalar joylashgan. 
Zuluklar so‘rg‘ichlari yordamida substratga yopishib, «qadamlab» 
harakatlanadi. Suvda suzganida esa butun gavdasi bilan to‘lqinsimon 
harakat qiladi, ya'ni zulukning tanasi orqa va qorin tomonlariga qarab 
egiladi. Zuluklaming so‘rg ‘ichlari, yopishish organi bo‘lib ham xizmat 
qiladi. Zuluklar terisining ustki qismi yupqa kutikula bilan qoplangan, 
uning ostidagi bir qavatli epiteliyda shilliq modda ajratadigan juda ko‘p 
bezlar joylashgan. Ichki organlaming orasidagi bo‘shliq g‘ovak 
biriktiruvchi to ‘qima-parenxima bilan to'lgan. Zuluklarda haqiqiy tana 
bo ‘shlig‘i bo‘lmasdan, ikkilamchi tana bo‘shlig‘i-selomning qoldig‘i 
sifatida lakunar sistemasi mavjud.
Tibbiyot zulugi jag ‘li zuluklar turkumiga kiradi. Uning og‘iz 
b o ‘shlig‘ida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan, xitindan iborat 3 ta 
ja g ‘i bor. Ulaming ustki qismi qirrali, o‘tkirlashgan bo‘lib, unda 80-90 
ta mayda tishchalar mavjud. Bular yordamida qon so‘rish paytida 
zuluklar xo‘jayinining terisini kesadi. Shuning uchun ham terida zuluk 
qon so'rganidan keyin 3 qirrali chandiq izlari qoladi. Zulukning halqumi 
atrofida girudin suyuqligi ajratuvchi bezlar joylashgan. Girudin 
suyuqligi qonni ivib qolishidan saqlaydi, natijada zuluk qon so‘rayotgan 
paytida u uzluksiz oqib turadi, hatto zuluk to‘yib tushganidan keyin ham 
qon oqib urishi mumkin.
O g‘iz bo‘shlig‘i va halqum ichakning ektodermadan hosil bo‘lgan 
oldingi qismini tashkil qiladi. Undan keyin esa endodermadan hosil 
b o ig a n o ‘rta ichak yoki “jig ‘ildon” boshlanadi. Uning ikkala yon 
tomonida 10-11 juft, keyingi uchi berk o‘simtalar-divertikulalar 
mavjuddir. Shulardan eng oxirgi o ‘simtasi uzun bo‘lib, u tananing oxirgi 
uchigacha cho‘ziladi. Bu o‘simtalarda girudin bilan aralashgan qon uzoq 
m uddat ivimasdan saqlanadi. Shuning uchun ham zuluk bir yilgacha qon 
so‘rmasdan yashashi mumkin. Orqa ichakning oldingi qismi ovqatni 
shimish vazifasini bajaradi, keyingi qismi esa pufaksimon kengayib 
ektodermadan hosil boMgan to‘g ‘ri ichakni tashkil qiladi (50-rasm).
135



Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin