gap Yer kadastrini tuzish to‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda hisob-kitob
bo‘iishi qayd etiladi. Asarda yer va suv (tog‘ va dengiz)
lami davlat
ixtiyoriga o'tkazish va ulardan daromad yo'lida foydalanish, baholami
tartibga solish yo'li va boshqa ko'pgina iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi.
Bu g'oyalar amalda ham qo‘llanildi va yaxshi samara berdi.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy hayotida daosizm (aynan - yo‘l) g‘oyalari
alohida o‘rin egallaydi,
uning asoschisi
Lyao-Tszi
bo'lib, Konfiitsiy
davrida yashab, ijod etgan (e.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga
amal qilmaslikni taklif etdi, qonunlar ko‘pligi tufayli:
«xalq kamba-
gallashmoqda»,
dedi. Daosizm g'oyalari
konfutsiylikka qarama-
qarshi bo‘lib, insoniyat awalgi majburiyatlaridan voz kechishi, oddiy
tabiiy
hayotga qaytishi kerak, degan fikmi ilgari suradi. Bu g'oyaga
ko‘ra inson ibtidoiy davrga qaytishi, yangi mehnat qurollaridan
foydalanmasligi kerak. Ko‘rinib turibdiki, unda reaksionlik elementlari
bor, ammo bu g‘oyada xalq ommasining
noroziligi ham aks etgan,
chunki sivilizatsiya yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham xizmat
qilayotgan edi. Bunda kurashdan voz kechish, davlatning xalq hayotiga
aralashuvini inkor etish fikrlari ustun kelgan.
Dostları ilə paylaş: