1. Xarajatlami iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash;
2. Xalq to'qligini ta’minlash;
3. Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi.
Miloddan awalgi VI-III asrlarda
legistlar
fqonuniy degani) oqimi
paydo bo‘ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga
qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Tszi-Chap, Li-
Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona, birlashgan bo‘li-
shini qo‘llab-quwatlashgan. Legistlar (Shan Yan), ayniqsa, qishloq
xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor
berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan
Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur:
don va urush (atrofdagi yerlami bosib olish). Dehqonlar ro‘yxatini
o'tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona
soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li bilan turli «ishyoq-
maslar»ni «yerga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga,
mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo‘llash kerak deganlar
(Xitoydagi 1960-yillar davomida ro‘y bergan madaniy inqilob davrida
shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulot-
lari bilan savdo qilishni qat’iy cheklash ham talab qilingan (go‘yoki
savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdo-garlar savdoni
tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohib-korlik taqiqlangan,
umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.av. 351-y.)
Dostları ilə paylaş: