QADIMGI DUNYO, FEODAL JAMIYATI УА ILK
KAPITALIZMNING IQTISODIY TA’LIMOTLARI
I b о b. QADIMGI DUNYO IQTISODIY TA’LIMOTLARI
1.1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g‘oyaiar
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan
joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig‘ida) va Misrda
eramizdan awalgi IV mingyillikda yuzaga keladi.
Bunga asosiy sabab
shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar ishlatila
boshladi, qisliloq xo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda sug'orma dehqon-
chilikka o‘tildi, shu asosda nisbatan turg‘un qo‘shimcha mahsulot olish
imkoni tug‘ilgan. Oqibatda bu jamiyatda
mehnat taqsimotini rivoj-
lantirishga, ko'pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga,
sinfiy tabaqalanishga turtki bo‘ldi.
Bu davrda qo'shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga
birlashgan dehqonlami ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta - soliq
olish (Osiyoda) bo‘lsa, qullami (davlat yoki xususiy)
beayov ish-
latish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning
iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining ahvoli
qullamikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida
qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve
uni tan oladi. Lekin ko'pgina olimlaming fikricha, Sharqda quldorlik
klassik
shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya’ni uy xo‘jaligida ustun
bo'lgan (Qarang: История Древнего Востока. М., МГУ, 1991).
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlamda (m.a. IV-III asrlar)
ijtimoiy m ehnat taqsim otining, hukm ronlik va b ysunish
institutlarining mavjudligi aytiladi.
Hindistondagi iqtisodiy oyalami aks ettiruvchi
qadimgi yodgorlik
«Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig‘ida)dir (tom ma’nosi bo‘yicha
ifoda, amaliy hayot to‘g‘risidagi fan, bu asar m.av. III-II asrlarda
to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u
Dostları ilə paylaş: