KIRISH
«IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI»
KURSINING PREDMETI VA USLUBI
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»
kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim
o‘rin egallaydi.
Insoniyat o‘zinmg ko‘p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy
va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Har bir davrda u yoki bu
mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya,
nazariya, konsepsiyalar ilgari
surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar
ravnaq topgan, ba’zida tanazzulga uchragan. Ana shu iqtisodiy g'oyalami
har tomonlama chuqur o‘rganish, tahlil etish, ular orasidan
umumbashariy
ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni
hayotga tatbiq etish amaliy va nazariy jihatdan foydaUdir.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining
predmeti bo‘lib,
ma’lum
davrlardagi ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy
g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalaming vujudga kelishi,
rivojlanishi va
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar
va yo‘nalishlaiga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar
tarixi mustaqil fan
sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga
kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta’limotlami
o‘z ichiga oladi.
Uslubiy jihatdan
bu fan iqtisodiy tahlilning ilg‘or metodlari
yig'indisidan iborat bo‘lib,
tarixiy induksiya, mantiqiy abstraksiya va
boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan
chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya»
fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili
beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va
vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolutsiyada bo‘ladi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar,
davlat arboblari
tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’Iimot,
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy
qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtai nazaridan
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik obyekti bilan
chambarchas bog‘liqligmi namoyon etadi. «Eskiigan nazariyalami ular
faqat inkor etilganligi sababli prinsi pda ilmiy
emas deyish mumkin
emas», - deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan
yangi qarashlar awalgilar asosida, ulami qabul qilish,
rivojlantirish
yoki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat
yangi nazariyalamigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi
nazariya awalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlaming yakuniy qisqacha
xulosalari sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr
ma’lum vaqtdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani
bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davmi qamrab
olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'iganish orqali xalq xo'jaligi
tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar
hamda aniq iqtisodiy
predmetlami o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning
shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘-
risidagi fikrlar
Adam Smit
tomonidan 1776-yili chop etilgan
Dostları ilə paylaş: