«O’zbekistonning eng yangi tarixi» fanining



Yüklə 271 Kb.
səhifə1/18
tarix21.10.2023
ölçüsü271 Kb.
#159405
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
portal.guldu.uz-Fan sillabusi

« O’zbekistonning eng yangi tarixi » fanining



2020-2021 o’quv yili uchun mo’ljallangan SILLABUSI



Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Guliston davlat universiteti

Guliston shahri, IV mavze

Kafedra:

Tarix kafedrasi

“Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti

Ta’lim sohasi va yo’nalishi:

120000 – Gumanitar fanlar

5120300-Tarix

Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:

o’qituvchi Djurayev Ikrom



e-mail:



ikromgdu@mail.ru

Dars vaqti va joyi:

Yangiyer filiali 310- auditoriya

Kursning davomiyligi:

15.02-20.06.2021

Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Dushanba, chorshanba va juma kunlari .900 dan 13.00 gacha

Fanga ajratilgan soatlar

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim:

60


Ma’ruza:

30

Amaliyot

30

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi :

Mustaqillik O’zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning Ushbu dastur fan tarixi kursining predmeti, maksad va vazifalari, yigirma yillik mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko’lami asrlarga tatigulik bo’ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, ta’lim sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan Milliy dastur o’z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qarama-qarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur.

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Ushbu dasturda O’zbekistonning eng yangi tarixi, ya’ni O’zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”da ko’rsatib o’tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ulardan mustaqil fikrni qaror toptirish, mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.

Talabalar uchun talablar

  • o’qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish;

  • universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

  • uyali telefonni dars davomida o’chirish;

  • berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;

  • ko’chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;

  • darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o’zlashtirilishi shart;

  • darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

  • talaba o’qituvchidan so’ng, dars xonasiga - mashg’ulotga kiritilmaydi;

  • talaba reyting ballidan norozi bo’lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin


Yüklə 271 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin