Uchinchidan,
ko‘p yillar davomida
yaratilgan ilmiy asarlarda
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub
qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi.
P.Prudon
0
‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p
masalalar xususidagi fikrlami bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovaming
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish
kabilami ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‘zining eng muhim
asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....»da
awalgi mehnat
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning
ko'payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kam-
bag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat
taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli
xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda ijtimoiy
jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv
sezilib turadi. Prudon tovaming xususiyatini ham mana shunday pozi-
tsiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha,
qiymatning abadiy
g'oyasi mavjud, bu g‘oya iste’mol qiymati talab va kamchilik bilan,
ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik bilan belgilanadi. Talab
bilan taklif o'rtasidagi kurashda tovaming qiymati yoki narxi belgilanadi.
Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir:
qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g'ayriilmiy
pozitsiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilaming ish haqini
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-
navoning yoppasiga ko'tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib
borar emish.
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya
qilish mexanizmini
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb
talqin etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan
qismi harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini
Prudon qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim deb hisobladi.
U mahsulotning bir qismini kapitalist o'zlashtirib olishini ishlab
chiqarish chiqimlari yoniga kapitaldan foydalanganlik uchun protsent
qo‘shish zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy sistemasida
protsent mehnatni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida
namoyon bo‘ladi.
Shu bilan birga, u protsent bilan yollanma ishchini
ekspluatatsiya qilish mexanizmi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushun-
maydi.
P.Prudon
«belgilangan qiymat»
nazariyasini o‘zining butun iqtisodiy
negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish pinhona
istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o‘zgartirishlaming yo'llarini
belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar ishlab chiqarishini Prudon
insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligimng cho‘qqisi
deb biladi, mayda buijua nazariyotchisi bo'lgan Prudon bozor
mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini: mollaming qalashib ketishini,
nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va shu kabilami tan oladi. Prudon
asosiy iqtisodiy ziddiyatlami «qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’
mol va ayirboshlash qiymati g'oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilan
gan yoki sun’iy» qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo‘lib ko‘rinadi.
Bunday qiymat ayiiboshlashda vujudga keladi. U tovaming ijtimoiy boy
lik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi.
Binobarin, tovar ishlab chiqarishining
hamma qiyinchiliklarini
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo'yib
qo‘yish yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul
o‘rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni
«belgilangan» qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi.
P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda
daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat,
kapital va
yeming mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab
chiqarish jarayonining o‘zi har uchala elementning ishga tushirilishi
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‘zi hech narsa
ishlab chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z
mehnati natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini
ish haqi sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror
ishlab chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‘g‘risidagi fikrlari
asosida rivojlantiriladi.
Olimning fikricha, takror ishlab chiqarish jarayoni hamjamiyatdagi
ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida bo'ladi. Lekin
amaliyotdamulkchilaming ishlamay qo‘yganligi bu prinsipning J.B.
Sey ko‘rsatib o‘tgan «iqtisodiy qonunni» ham buzilishi olib kelmoqda.
P. Prudon ijtimoiy masalalami hal qilishi zarur bo‘lgan kapitalizmni
isloh qilish loyihalarini o'zining ko‘pgina asarlarida e’lon qiladi. Ushbu
asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan birga inqilobiy
chiqishlar haqidagi har qanday fikmi inkor etadi. Olimning islohotchilik
g'oyalaming ayrimlaii S.Sismondi qarashlariga o‘xshash bo‘lib ular
quyidagilarda o‘z aksini topdi:
• «uchinchi shaxslar» ya’ni
dehqonlar, hunarmandlar va mayda
kustar ishlab chiqaruvchilaming jamiyatdagi o‘miga hayrixohlik
bildirish;
• «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarish»ni iqtisodiyotdagi
yetakchilik o‘mini e’tirof etish bilan ulaming shart-sharoitlari, ta’li-
motlarida to'liq tenglikka erishish;
• ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat manfaatlaridan
kelib chiqib, ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng daromad berish;
• kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida va mehnatni eksplua
tatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik. Bundan tashqari, faqat P.Prudon
islohotchiligiga xos quyidagi g'oyalami ko‘rsatishimiz mumkin:
• muomalada pulning harakatini bekor qilib, uning o‘miga ishchi
pullari
banklami muomalaga kiritish;
• foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz kreditlami tashkil qilish;
• xalq banklarini tashkil etish;
• islohotlarni amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida
hukumatni bekor qilish. Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon xalq
bankiga katta umid bog‘laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif
qilgan banklardan 3 xil o‘ziga xoslik bilan farq qilar edi:
Dostları ilə paylaş: