Savdo-sanoat ittifoqi»
ni tuzdi.
1825-yUda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun
ketdi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib, AQSHning Leypsigdagi
elchisi bo‘lib ishladi. U o'zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy
muammolarni keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi
manfaatlarining ifodachisi bo‘lgan F.List iqtisodiy birlik uchun
birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o‘zining
«Siyosiy iqtisodning
milliy sistemasi» (1841) nomh asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni
yaratish vazifasini o'rtaga qo'ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi
kuchlari to‘g‘risidagi ta’Iimot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List dav
latning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyati kabilami ishlab chiqa
ruvchi kuchlarjumlasiga qo'shdi. F.Listning ta’limotiga ko‘ra, qiymatni
ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros
bo‘lib qohshi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘ri-
sidagi g‘oyalar katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bos-
qichga: badaviylik, cho‘ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik-manu-
faktura, dehqonchilik — manufaktura — savdo bosqichlariga bo‘ladi.
Bunday bo‘lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning
o'sishini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, biryoqlama rivojlanishdan
- qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikmi
isbotlashdan iborat edi.
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa, uning yirik namoyan-
dasi bo‘lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo‘lib faoliyat
ko‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo‘lgan qiymat va daromadlar
nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari
olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy
masalalariga, ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit
iqtisodiy tizimini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar
xo‘jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‘rmasdan, barchasiga
umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majburiy
kiritayotganini ta’kidlaydi.
Listning iqtisodiy nazariyasi o‘z tarixi va xo‘jaligming xususiyatiga
ko‘ra jahon hamjamiyatining so'nggi qatorlaridan o‘rin olgan
mamiakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki
urinish edi.
13.3. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)
Gettingem va Leypsig universitetlarining professori
Vilgelm Georg
Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning
asoschisi hisoblanadi. 1843-yilda u
«Tarixiy usul nuqtayi nazaridan
siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi. Iqtisodiy
qonunlaming obyektivligini rad qilish bu ta’limotning o'zagidir.
Rosher
tarixiy flziologik
deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu
usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yoiini, unga xos bo‘lgan
feodal sarqitlami (dehqonlaming yer egalariga bo‘ysunishi, hunar-
mandlaming uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan
oqlashdan va ko'klarga ko‘tarib maqtashdan, faktlami to‘plashdan va
shu faktlami tarixiy o‘xshashliklar asosida izohlashdan iborat.
Rosher o‘zining nazariy qoidalarida qiymatni iste’mol qiymatidan
(foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste’mol uchun
mo‘ljallangan har qanday mehnatni tushundi.
Tarixiy maktab g'oyalarini
Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan
o‘rgandi. 1853 yilda uning
«Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod»
kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini
himoya etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida
iqtisodiy qonunlar yo‘q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan
tabiiy qonunlar bor deb da’vo qildi.
Uning fikricha, siyosiy iqtisod faqat iqtisodiy hodisalami tasvirlab
berishi mumkin, u nazariy umumlashmalami berishga qodir emas.
Knis millat turmushining iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs),
jamiyat va davlatning mas’uliyatini eklektik (qorishma) tarzda
birlashtirmoqchi bo‘ldi.
1848-yilda
Bruno Gildebrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va
kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u
F.Engelsning
«Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqdi.
B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va
bu tuzumga qarshi kurashdan m a’no yo‘q, deb hisoblaydi.
B.Gildebrand qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy
mulkchilikning himoyachisi bo‘lib maydonga chiqdi.
B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura,
pul va kredit xo'jaligini o‘z ichiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga
asoslanib ish tutadi.
13.4. Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»
XIX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani
tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan
awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom
ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
ning o‘ziga xoshgini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan
beri saqlanib kelayotganligmi keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya
iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o‘rinlardan birini
egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari,
Gustav Sbmoller
(1838-1917) bo'lsa,
Lun Brentano (1844-1931), Yerner Zombart
(1863-1941),
Maks Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo'nali-
shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
Berlin universiteti professori
Gustav Sbmoller o‘zining «Xalq
xo‘jaligi to ‘g‘risidagi umumiy ma’lumot asoslari» (1900-1904)
nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari
V.Rosher va B.Gildebrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada
rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turi -
xususiy xo'jalik, davlat xo‘jaligi va diniy xo‘jalikni alohida ajratib
ko'rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat,
ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi.
Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik,
yetakchilik rolini ko'rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi
kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan
chiqarib tashlab, uni xalq xo'jaligi tarixi faniga aylantirdi. U fakt-
larni va statistika manbalarini o'rganish, xalq xo'jaligidagi hodisa-
lami bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb
hisoblaydi.
G.Shmoller umuman, xalq xo'jaligi o‘zgarishsiz qolaveradi,
degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo‘g‘inlarida juz’iy o‘zgarishlar
bo‘lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqot-
larning qat’iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi
qo‘yilgan empirizm (nazariy mashg‘ulotlardan ko‘ra amaliy faoliyatga
ko'proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi.
G.Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb
hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo‘jalik
huquqida o'zining asosiy ifodasini topadi, deb ta’kidlaydi. Yangi tarixiy
maktab iqtisodchilari Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi
tarafdori edilar.
G.Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng
faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari
universitet professorlari bo‘lib, ulaming dasturlari «
Dostları ilə paylaş: |