kafedr-sotsializm»
(kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang‘ich
ta’limni majburiy kiritish, bolalar, o'smirlar va ayollar mehnatini
davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik va baxtsiz
hodisalardan sug‘urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo‘qotgan
chog‘ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g‘oyalari sotsial - demokratlar
orasida ham keng yoyildi.
Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan
hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi.
0 ‘zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq
xo‘jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga
katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va
huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab chiqarish
va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash
konsepsiyasining tarafdori bo‘lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo-
itlarining o‘zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida
belgilovchi ahamiyatga ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal
«ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tred-
yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni
taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida
ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan
birga uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masa
lalami hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o‘zining yuksak
cho‘qqilariga yetgani yo‘q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini
olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» nazariyasi islohotchilik oqimidagi
ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi uchun asosiy manba
rolini o'ynadi, xolos.
K.Menger G.Shmolleming shogirdi
Yerner Zombart ham Yangi
tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining
professori Zombart К. Marksning olimligini uning revolutsionligidan
ajratib, mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to‘g‘risidagi fikmi
ko‘tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy
kategoriyalarini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi «ishning
g'oyasi» deb e’lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb
ko'rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza-
riyaning tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar
va iqtisodiy inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga
yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi.
Maks Veber ma’lumotli va ko'pqirrali olim edi. U falsafa, tarix,
sotsiologiya va iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo'shdi. Uning
ijodida tarixiy maktab o'zining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
M.Veber hammadan ko‘proq darajada noto‘g‘ri fikrga asoslangan
millatchilik va bir taraflama «tarixiy usubdan ozoddir. O'zining dastlabki
asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli emasligini
ko‘rsatdi. U
«yuksak benuqson tiplar»
konsepsiyasini ilgari surdi. Yuksak
va benuqson tip - bu o‘z mohiyatiga ko‘ra olim shakllantirgan kon
kret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini
tushuntirib berishi uchun tuzadigan muayyan sxemasidir. M.Veber-
ning XV-XVI asrlarda Yevropaning xo‘jalik burilishiga deformatsiya-
ning ta’siri sohasidagi izlanishlari fanda juda katta iz qoldirdi. Bu
izlanishlaming markazida
«Protestant etikasi va kapitalizm ruhi» asari
turadi. Ma’lum ma’noda Veber Zombart amalga oshira olmagan ishni,
ya’ni fundamental tarixiy-iqtisodiy asami yaratdi. Bu kitob sayo-
xatchining kelajak haqidagi yozuvlari emas, balki kosmosdan turib
kuzatishi edi.
Qisqacha xulosalar
F.List va tarixiy maktab namoyandalari o‘z asarlari va uslubiyatlari
bilan Germaniyada iqtisod fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.
List asarlarining betakrorligi va ilmiy ahamiyati xo‘jalik siyosiy
muammolarini chuqur tahlil qilishda hamda kam rivojlangan
mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanish qiyinchiliklarini oldindan
ko'rsatib berishda o‘z o‘mini topadi. F.Listning traktati to'rtta asosiy
kitobdan iborat bo‘lib,
«Tarix», «Nazariya», «Sistemalar» va «Siyosat»
deb nomlanadi. Birinchi kitobda u Yevropa xalqlarining iqtisodiy tarixini
o‘rganib, zarur xulosalar chiqaradi. Ikkinchi kitob olimning iqtisodiy
qarashlarining nazariy asoslarini ko'rsatib beradi. Uchinchi kitobda
List siyosiy iqtisodning bir nechta tizimlarini ko‘rib chiqadi. Jumladan,
merkantilistlar, fiziokratlar tizimlari bilan bir qatorda sanoat tizimi
mavjudligini ko‘rsatib o'tadi.
B.Gildebrandning «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi»
va K.Knisning «Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod» nomli
kitoblari nashr qilinishi iqtisodiy ta’limotlar tarixida tarixiy maktab
o'mini mustahkam belgilab berdi.
Shunday qilib, tarixiy maktab vakillari tarixiy rivojlanish ketma-
ketligini e’tirof etib, iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda qoldirdilar.
XIX asming 70-yillarida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida bir nechta
nazariy maktablar vujudga keldiki, ular o‘z maqsad, vazifalari va
uslubiyatlari bilan o'zaro farq qilar edilar. Germaniyadagi yangi tarixiy
maktab ham xuddi ana shunday ya’ni, yangi yo'nalishni ilmiy
asoslashga harakat qilgan va klassik nazariyotchilami ayovsiz tanqid
qilgan nazariy maktablardan biri edi.
Ushbu maktab iqtisodchilari klassiklar fikriga qarshi iqtisodiy
qonunlaming nisbiy, tarixiylik nuqtayi nazaridan vaqtincha ekanligini
hamda ijtimoiy va tabiiy faktorlarga mos ravishda shartli ekanligini
ko'rsatib berdilar. Shuningdek, klassiklaming «iqtisodiy inson» g'oyalari
ham tanqid qilinib, undagi insonlaming xo'jalik faoliyati — xulqiga
xos kechinmalari (ijtimoiy manfaat, oilaviy g‘amxo‘rlik, mehribonlik,
burchni his etish, urf-odatlar va boshqalar) e’tibordan chetda qolma-
ganligini alohida ta’kidladilar.
Yanihoyat, ular klassik maktabga xos bo‘lgan abstraksiya va deduksiya
uslublaridan keng foydalanish, o‘z navbatida, ilmiy kuzatish va induk-
siya uslublaridan yetarli foydalanmaslikka asosiy sabab ekanligini
ko‘rsatib berdilar. Haqiqatan ham, yangi tarixiy maktab olimlari
qo‘llagan iqtisodiyot fanidagi yangicha tarixiy usullar ushbu maktab
erishgan ijobiy yutuqlarga asosiy sababchi edi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Tarixiy maktab, F.List; millatning ruhi, iqtisodiy ta’limotlar tarixida
tarixiy usul, yangi tarixiy maktab, davlat sotsializmi, benuqson tiplar,
pluializm.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. XIX asming o‘rtalarida Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi
xususiyatlarini aytib bering.
2. F.Listning hayoti va ijodi haqida nimalami bilasiz?
3. F.List iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanida qaysi yo'nalishga asos
soldi?
4. F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari qanday
ifodalanadi?
5. Tarixiy maktabning asosiy vakillari kimlar? Ular haqida ma’lumot
bering.
6. K.Knisning tarixiy maktab rivojiga qo‘shgan hissasi va uslubiyatini
tushuntirib bering.
7. Insoniyat taraqqiyotining B.Gildebrand taklif etgan tizimi qaysi
xususiyatlari bilan ajralib turadi?
8. Tarixiy maktabning iqtisodiyot fani rivojiga qo'shgan hissasi va
yo‘l qo‘ygan kamchiliklari haqida gapirib bering.
9. XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami
bilasiz?
10. G.Shmoller va L.Brentanoning iqtisodiy mavzudagi asosiy
asarlari va uslubiyati haqida gapirib bering.
11. «Ijtimoiy-siyosat» uyushmasining asosiy vazifalari nimadan
iborat?
12. V.Zombart va M.Vebeming asosiy iqtisodiy asarlari qaysilar?
13. Eng yangi tarixiy maktab yoki ijtimoiy yo‘nalish nazariy
maktabining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
XIX ASR OXIRI - XX ASRLARDAGI IQTISODIY
TA’LIMOTLAR
XIV b о b. MARJINALIZM
14.1. Maijinalizmning umumiy ta’rifi va rivojlanish bosqichlari
XIX asming ikkinchi yarmi — XX asming boshlarida iqtisodiy
ta’limotlaming rivojlanishi (evolutsiyasi) kapitalizm iqtisodiyotida uning
siyosiy ustqurmasida yuz berayotgan tub siljishlami aks ettirar edi.
XIX asming so‘nggi choragida erkin raqobatning monopoliyaga aylanishi
iqtisodiyotdagi eng muhim hodisa bo‘ldi. Bu jarayon kapitalizm
ziddiyatlaming, ayniqsa, mehnat bilan kapital o'rtasidagi ziddiyat-
laming chuqurlashuvi va keskinlashuvi bilan ayni bir vaqtda ro‘y berdi.
XIX asming 70-yillaridan boshlab qiymat nazariyasi va uni ilmiy tahlil
qilishda ham chinakam inqilobiy o‘zgarish yuz berib aynan shu davrda
Yevropaning bir nechta mamlakatlarida turlicha nazariy maktablar
shakllandi. Ushbu maktablar yaratgan iqtisodiy ta ’Iimot fanda
«maijinalizm» ta’limoti deb nomlanib, XX asming 30-yillarigacha
o‘z mavqeyini saqlab turdi.
Dostları ilə paylaş: |