‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 111,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/184
tarix26.12.2023
ölçüsü111,09 Kb.
#197706
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Borone, shvetsiyalik Kassel,
amerikalik 
Leontev
va boshqalar 
qo‘shildi. L.Valrasning 
«Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari 
iqtisodiyotda matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi. Shu 
sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday 
iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning 
izdoshlariga xos xususiyat hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday 
iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq 
isbotlash mumkin. Uning o‘zi matematikani yaxshi bilgan va Kumoni 
o‘zining ustozi deb hisoblagan holda, undan ilhomlangan. Keyinchalik 
«eng yuqori foydalilik
» (naf) deb atalgan tushunchani L. Valras 
«noyob­
lik»
(rarete) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste’molning kamayuvchi 
funksiyasidir deb ifodalaydi (ya’ni biror noz-ne’matning iste’mol 
soni oshishi bilan uning noyoblik miqdorining ko‘rsatkichi tobora 
pasayadi). L.Valras shuni aniqladiki, eng yuqori foydalilik iste’molchi 
tomonidan (mazkur daromad doirasida) sarflanayotgan mablag‘- 
laming so‘nggi ulushining iste’mol qilinayotgan barcha noz-ne’mat- 
lardan bir xil qoniqish hosil qilishidir. Shu bilan birga, iste’molchi 
ne’matlar qimmatini o‘zi belgilaydi. Masalan, uning uchun paypoq 
galstukdan, go'sht paypoqdan qimmatliroq va hakozo. Boshqacha qilib 
aytganda, iste’molchi o‘zining belgilangan daromadini galstukka 
nisbatan paypoqqa tezroq, paypoqqa nisbatan go'shtga tezroq sarflaydi. 
Mana shunday turli-tuman ehtiyoj bo'lganligi tufayli, iste’molchi 
har bir ne’matdan shunday miqdorda xarid qiladiki, so‘nggi juft 
paypoq, oxirgi galstuk va so‘nggi nimta go‘shtdan bir xil qoniqish 
hosil bo‘ladi. Faqat shundagina barcha sotib olingan narsalar unda 
maksimal umumiy qoniqishni paydo qiladi. L.Valras hamma iste’- 
molchilar o‘z ehtiyojlarini qoniqtirishda maksimumga ega bo‘lsalar 
(yuqorida aytilganlarning hammasini, shuningdek, har birining 
cheklangan daromadini hisobga olgan holda) iqtisodiy muvozanat


yuzaga keladi deb hisoblaydi. U bundan umumiy bozor muvozanati 
nima ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishga muhim qadam qo‘yadi. 
Gap shundaki, har bir iste’molchi va har bir ishlab chiqaruvchi 
(har bir xaridor va sotuvchi) o‘z sheriklaridan va iqtisodiyotda ro‘y 
berayotgan barcha jarayonlardan to‘la ajralgan holda harakat qila olmaydi. 
Boshqacha qiUb aytganda, iqtisodiyotda hamma narsalar, barcha 
jarayonlar o'zaro bog'liq. Har bir baholash boshqa baholarga bog‘liq, 
ammo u ham boshqalarga ta’sir etadi. Bunga hayotda misollar bisyor. 
Masalan, mamlakatning biror hududida qishloq xo‘jaUgining ortda 
qolishi shu mamlakat poytaxtida zargarlik buyumlariga talabning 
oshuviga olib kelishi mumkin.
Qisqacha xulosalar
XIX 
asming 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot 
fanida katta voqea bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda maijinalizm deb 
nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya 
qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u 
ayrim hollarda fandagi to'ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo‘na- 
lishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qimmatini unga 
bo‘lgan subyektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne’mat­
lar kishilaming talabini qanoatlantirislii darajasiga qarab, foydalilik 
kasb etishi mumkin.
«Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o'rtasida o‘zaro bog'liqlik 
mavjud bo‘lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo‘l- 
masligi ham mumkin. Foydali bo'lgan ne’matlargina ma’lum darajada 
qimmatli bo‘ladi. Foydalilik va qimmat kategoriyalarini ajratib ko'rsatish 
bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini butunlay 
inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlaming narxini unga 
sarf bo'lgan mehnat va ishlab chiqarish xarajatlari bilan emas, balki 
iste’molchining subyektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belgilashida 
o‘z o‘mini topadi, deb hisoblaydilar.
«fing yuqori foydalilik» nazariyasi o‘ta subyektivligi uchun tartib- 
sizligi va to‘la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko‘p 
marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida 
Avstriya maktabining g'oyalarida, ayniqsa, mikroekono-mika bo'limida 
keng foydalanib kelinmoqda. Bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan


belgilanadiki, unda nafaqat harajatlaming hisobi, balki ishlab chiqarish 
va muomalaning natijalari to‘liq inobatga olinadi.
Maijinalizm inqilobi to'g‘risida gap borganda Avstriya maktabi qatori 
Lozanna maktabini ham alohida ta’kidlashimiz zarurdir. Bu maktab 
asoschilari maijinalistik g‘oyalami qo‘llagan holda uning qisqa, ochiq 
va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar.
Valras foydalilik o‘miga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor 
iste’molining kamayuvchi funksiyasini taklif etdi. Umumiy bozor 
muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi, 
iqtisodiyot va matematikani bir-biriga bog‘ladi. Valras qonuni bo'yicha, 
bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir. 
Agar Valras bozor muvozanati masalasini qo‘ygan va uning qachon- 
lardir yechilishini bashorat qilgan bo‘lsa, V.Pareto bu muammoni 
hal etishga muhim hissa qo'shdi va tartibli foydalilik tushunchasini 
kiritdi. V.Pareto optimal holati (eki Pareto optimumi) bu bozor 
ishtirokchilarining hammasi o‘z foydasi uchun intilib, o‘zaro manfaat 
va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar.
Shved olimi K. Viksell normal almashuv sharoitida ikkala tomonning 
ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya’ni «almashuvdan 
hamma manfaatdordir» degan g‘oya ilgari suriladi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Maijinali/m, eng yuqori (chegaraviy) naf, noyoblik, ekonomiks, 
subyektiv-psixologik, iqtisodiy liberalizm, robinzonada usuli, subyek­
tiv, spekulyatsiya.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. XIX asming oxiri va XX asming boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy 
ta’limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat?
2. XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami bilasiz?
3. Maijinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o‘mi qanday bo‘lgan?
4. K.Menger, E.Byom-Baverk va V.Fizeming asosiy asarlari 
qaysilar?
5. U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering.
6. L.Valrasning iqtisodiy g‘oyasiga qanday tushunchalar asos qilib 
olingan? Miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering.



Yüklə 111,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin