Robinzonada
usuli degan nom oldi. Ayirbosh
lash konsepsiyasining tarafdorlari bo'lgan Avstriya maktablarining
iqtisodchilari iqtisodiy masalalami faqat bozor munosabatlaridan, ya’ni
ayirboshlash munosabatlaridan iborat qilib qo'ydilar. Ular individ-
laming moddiy ne’matlami iste’mol qilishi xo'jalik faoliyatini tashldl
etuvchi asosiy omil deb da’vo qilishdi.
Qadriyat (qimmat) nazariyasi Avstriya maktabining konsepsiyalarida
markaziy o‘rin oldi. Bu nazariya «eng yuqori foydalilik» nomini oldi.
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari
ne’mat va qadriyat tushunchalari bilan almashtirildi. K.Menger,
E.Byom-Baverk va boshqalar qiymat kategoriyasini subyektiv mazmun
bilan to'ldirdilar. Uning ustunligi sifatida iste’mol qiymati yoki moddiy
ne’matlaming foydaliligi qabul etildi. Foydalilik deganda Byom-Baverk
moddiy ne’matlaming umumiy xususiyatini tushunar edi. Bu xusu-
siyat moddiy ne’matlarning shaxslar farovonligiga ehtiyojlarining
qondirilishiga munosabati bilan belgilanadi deb hisoblar edi. Qiymat
qimmat va qadriyat tushunchasi bilan almashtiriladi.
Ne’matning foydaliligi uning asosi deb hisoblanardi. Byom-Baverk
foydalilikning oddiy (mavhum) va malakali (aniq) turini bir-biridan
farq qilardi. Mavhum foydalilik mo‘l-ko‘1 moddiy ne’matlarga xos
bo'lgan foydalilik deb ta’riflanar edi. Bu holatda ne’mat birligining
foydaliligi 0 dan iborat deb hisoblanardi (daryo yonida suv, havo va
boshqalar). Zaxiralari cheklangan ne’mat malakali foydalilik deb
ta’riflanar, bu ne’matlaming hatto birlik hajmida kamayishi ham shaxs-
ning farovonligiga ta’sir qiladi deb uqtirilardi. Foydalilikning bunday
bo‘linishi moddiy ne’matlar qadriyatining vujudga kelishi bilan bog'liq
qilib qo‘yilar edi. Avstriya maktabining iqtisodchilari, hamma ne’mat
lar emas, balki miqdori cheklangan ne’matlamigina qadriyatga ega
bo'ladi, deb hisoblashardi. Ulaming nazarida mana shu qadriyatlargina
ayirboshlanishi mumkin edi. Byom-Baverkning fikricha, qadriyatning
vujudga keUshi uchun noyob foydalilik bilan birga qo'shilishi zarur,
ammo mutlaq noyoblik emas, balki mazkur turdagi buyumlarga bo‘lgan
mavjud ehtiyojning miqyosiga qiyosan «nisbiy» noyoblik nazarda tutilardi.
Qadriyatning hosil bo‘lishida Byom-Baverk ikki bosqichni alohida
ko'rsatdi, birinchi bosqichni u subyektiv qadriyatning hosil bo‘lishi
bilan bog'ladi, bunda u ne’matning shaxs ehtiyojlarini qondirishda
qanday rol o'ynashiga qarab, shu subyekt ne’matga beriladigan shaxsiy
baho nazarda tutilar edi. Agar foydalilik mavhum bo‘lsa, u holda ne’mat
baho olmaydi va uning subyektiv qadriyati 0 ga teng bo'ladi. Sersuv
buloq yonida turgan kishi uchun bir stakan suv bunga misol qilib
ko‘rsatiladi. Ammo sahroga borib qolgan kishi uchun o‘sha bir stakan
suvning o‘zi aniq foydalilik kasb etadi. Shaxsning farovonligigina emas,
uning hayoti ham shu suv bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu holatda
bir stakan suv subyektiv qadriyatga ega bo‘ladi. Byom-Baverkning
ta’biricha, buyumning qadri uning eng yuqori foyda miqdori bilan
o'lchanadi, bunda xo‘jalik ne’matlari muayyan turidan olinadigan eng
oz naf nazarda tutiladi. Buni Robinzon yetishtirgan besh qop don
misolida ko'rish mumkin: bir qopi oziqqa, ikki qopi urug‘likka, uch
qopi yem uchun va hokazo. Byom-Baverk bu «qonun»ning amal
qilishini besh qop don hosili olgan shaxsning xo'jaligi misolida
ko'rsatadi. Hamma qoplardagi donning sifati va vazni teppa-teng. Biroq
Byom-Baverknig nazariyasiga ko‘ra, bir qop donning subyektiv
qadriyati kamayib boruvchi foydalilik prinsi pi asosida belgilanishi
kerak. Birinchi qop don shaxsning eng zarur hayotiy ehtiyojini
qondiradi va shu sababli eng ko‘p foydalilikka ega bo‘ladi. Keyingi
qoplaming foydaliligi kamayib boradi. To‘tiqushni boqishga mo'ljallangan
so'nggi qop ham foydalilikka ega. Ana shu so'nggi qop don mazkur
moddiy ne’mat birligining subyektiv qadriyatini belgilaydi. «Barcha
mavjud don zapasi besh qop bo‘lgan taqdirda bir qop donning qadriyati
to‘tiqush boqish qiymatiga teng bo‘ladi», - deydi Byom-Baverk.
Byom-Baverk qadriyat hosil bo'lishidagi ikkinchi bosqichni
«obyektiv qadriyat» bilan bog‘ladi. U mazkur bosqichni talab va taklif
xususidagi mavjud eski nazariya asosida izohladi. Obyektiv qadriyatning
hosil bo'lishini talab va taklifning stixiyali nisbati davomida bozordagi
subyektiv baholami baravarlashtirishdan iborat qilib qo‘yildi, shuning
natijasida yangi, o‘rtacha qadriyat paydo bo‘lib, mana shu obyektiv
miqdor deb ko'rsatildi.
«Eng yuqori foydalilik» nazariyasi Avstriya maktabi va boshqa
iqtisodiyot konsepsiyalari uchun asos bo‘ldi, bu konsepsiyalar esa
kapitalizm sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy mazmunini kuchsiz-
lantiruvchi, uning sinfiy xarakterini inkor etuvchidir. Byom-Baverk
ning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’Iimot daromadni taqsimlash,
shu jumladan yer rentasi, ish haqi, kapitaldan olinadigan foyda
to‘g‘risidagi doktrinaning markaziy bandidir.
Avstriya maktabining taqsimlash nazariyasi bir qancha mavjud
konsepsiyalami: J.B.Seyning ishlab chiqarishning uch omili, taqsimot
konsepsiyasini, «eng yuqori foydalilik» nazariyasini o‘z ichiga oladi.
Bu o'rinda ishlab chiqarish omillari unumli ne’matlar deb atalgan.
Ularning har biriga (yer, kapital va mehnatga) olingan iste’mol
ne’matlarining muayyan qismi muvofiq keladi.
14.3. U.Jevons va L.Valrasning maijinalistik g‘oyalari
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida mate
matika va ximiya fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni
ham qiziqib o'rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyo
siy iqtisod o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmas-
dan uning iqtisodiy mavzuda
«Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871),
«Fan tamoyillari» (1874) va boshqa asosiy asarlari e’lon qilindi.
XIX asming oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o‘zining kuchli
matematik ifodasi tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq e’tibor bilan
qabul qilinmadi. Lekin uning g'oyalaridagi subyektivizm asosiy ilmiy
asarlarida aniq o‘z o‘mini topgan edi. Masalan, U.Jevons iste’mol,
talab, foydalilik haqida o‘z holicha tushunchalar berish bilan birga,
tovarlar narxi uning me’yoriy foydaliligi bilan funksional bog'liqdir
deb ko‘rsatadi. Shuningdek, olim klassiklaming raqobat haqidagi
fikrlarini qo‘llab, sotuvchi va oluvchi o'zaro muloqotda bo‘lib, kerakli
ma’lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko‘rsatadi. Natijada u
quyidagicha xulosa keltirib chiqaradi: bozordagi sotuvchilar (subyektlar)
insonlar ehtiyoji uchun zarur bo'lgan tovarlami muhayyo qilib,
ulaming iste’mollarini to‘laroq qondiradilar. Shu fikri bilan U Jevons
birinchilardan bo‘lib me’yoriy tahlilni maydonga tashlaydi va mar-
jinalizm asoschilaridan biriga aylandi.
Leon Valras (1834-1910) maijinalizmning Lozanna (Shveysariya)
deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto,
Italiyadan
Dostları ilə paylaş: |