Esda tuting:
Umumiylikni yaratish muloqotning negizidir.
Suhbatdoshlar o‘rtasida qanchalik umumiylik ko‘p bo‘lsa, suhbat
shunchalik yaxshi bo‘ladi. Umumiylikni yaratish
–
yaxshi muloqot
negizidir.
Nazorat savollari:
1.
Shaxslararo muloqot haqida nimalarni bilasiz?
2.
Verbal muloqot ko‘nikmalariga nimalar kiradi?
3.
Noverbal muloqot ko‘nikmalarining ahamiyati qanday?
4.
Samarali muloqot shartlarini sanab bering.
5.
Samarali muloqotga xalaqit beruvchi omillarga nimalar
kiradi?
70
INFEKSION XAVFSIZLIK. INFEKSIYA NAZORATI
Infeksiya haqida tushuncha
Infeksiya
(lotincha
infectio
– ifloslanish, yuqish degan ma’-
noni anglatadi) – bu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarning
organizmga kirishi bo‘lib, bunda organizm bilan ular orasida
murakkab jarayonlar majmuyi rivojlanadi.
Infeksion jarayon
– bu ma’lum tashqi muhit sharoitlarida
kasallik qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javoban organizmda yuzaga
keladigan fiziologik himoya va patologik reaksiyalar majmuyidir.
Biologik nuqtayi nazaridan infeksion jarayon parazitizmning
o‘ziga xos bir ko‘rinishi hisoblanadi va bunda har xil yashash
sharoitiga (muhitiga) ega bo‘lgan ikki organizm kurashadi.
Yuqumli kasallik
–
bu biologik, kimyoviy, klinik va epide-
miologik tartibdagi o‘zgarishlar va turli belgilar shaklida yuzaga
keladigan infeksion jarayon rivojlanishning eng oxirgi davridir.
|