76
Og‘iz bo‘shlig‘ini yuvish uchun sovun yoki dezinfeksiyalov-
chi eritmadan foydalanmaslik kerak.
Birinchi yordam ko‘rsatilib, kontakt qayd qilingandan keyin
avariya holatiga uchragan tibbiyot xodimiga konsultatsiya
(maslahat) beriladi, kontaktgacha bo‘lgan davrda uning qonida
OIV bor-yo‘qligini aniqlash uchun OIBga tekshirish zarurligi
tushunuriladi.
DEZINFEKSIYA VA UNING TURLARI
Dezinfeksiya
– obyekt, muhit, jihozlardagi yuqumli ka-
sallikni chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotishga qaratilgan
chora-tadbirlardir. Dezinfeksiya maqsadi DPMlarda kasallik
chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotishdir. Ko‘zlangan maq-
sad yo‘nalishiga qarab dezinfeksiyaning profilaktik va o‘choq-
dagi turlari farqlanadi.
Profilaktik dezinfeksiya
deb hali kasallik kelib chiqmagan
joyda olib boriladigan dizenfeksiyaga aytiladi (xonalarni tozalab
turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, jamoat joylari,
uy va hovlilar tozaligini saqlash va hokazolar).
O‘choqdagi dezinfeksiya
deb yuqoridagi ishlar bajarilma-
ganligi natijasida kasallik kelib chiqqan joyda o‘tkaziladigan tad-
birlarga aytiladi. O‘choqdagi dezinfeksiya o‘z navbatida kun-
dalik va yakuniy xillarga bo‘linadi.
Kundalik dezinfeksiya kasallik kelib chiqqan joyda, bemor
borligida o‘tkaziladi.
Yakuniy dezinfeksiya esa bemor tuzalib ketganidan so‘ng
yoki kasalxonaga yotqizilgandan keyin u yashagan xona va u
yerdagi asbob-anjomlar, qoldiq narsalarni yuqumsizlantirish
maqsadida o‘tkaziladi.
Dezinfeksiyaning
Dostları ilə paylaş: