O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102
QULAY SHAROIT YARATISH 
 
Bemor holatini o‘zgartirishdan avval tibbiy xodimga bemor-
ning yordami qay darajada bo‘lishini aniqlanadi. Buning uchun 
bemordan quyidagi ma’lumotlar olinadi: 
1) muvozanat saqlab, bir qancha vaqt tik tura olishi; 
2) eshitish va ko‘rish qobiliyati darajasi; 
3) parvarish o‘tkazayotgan xodimni tushuna olishi; 
4) o‘tkaziladigan muolaja unga qanday ta’sir ko‘rsatishi. 
Bemorni o‘rindagi vaziyatini o‘zgartirish uchun kerakli 
bo‘lgan barcha moslamalarni (yostiqlar, tayanchlar, bolishlar) 
tayyorlab olinadi. Krovatni (imkoni bo‘lsa) tibbiy xodim uchun 
qulay balandlikka ko‘tariladi. Bemor uchun o‘rinda qanday 
vaziyat hosil qilishdan qat’i nazar ko‘rpa va yostiqlarni olib, 
o‘rinni gorizontal holatga keltiriladi. So‘ngra bemorga tana 
biomexanikasidan to‘g‘ri foydalangan holda quyidagi vaziyatlar-
dan biri beriladi: Fauler vaziyati, Sims vaziyati, bemorni o‘rinda 
chalqancha, qorni bilan va yonboshlatib yotqiziladi. 
Shuni esda tutish zarur:
1. Bemorning holatini o‘zgartirish vaqtida bir necha xodim 
ishtirok etadigan bo‘lsa, albatta, boshqaruvchini tanlanadi va u 
bo‘limga buyruq berib turadi. 
2. Bemor bilan muomalada eng yaxshi muloqot turini 
tanlang. 
3. Bemorni ko‘tarishda eng og‘ir ishni (bemorni tana va 
sonlarini ko‘tarish) kim bajarishini aniqlanadi. 
Bemorni yiqilish xavfidan asrash. 
Bemor bo‘limga kelganidan so‘ng bemorni yiqilishi xavfi 
bor-yo‘qligini aniqlanib, quyidagi ma’lumotlar olinadi:
• yiqilishga olib keluvchi belgilar; 
• oldin yiqilgan-yiqilmaganligi; 
• mo‘ljalni yo‘qotish, faollik tartibi; 
• xavf-xatarga bemor ta’sirchanligi; 
• ko‘rish va muvozanatning buzilishi, bosh aylanishi, hara-
katchanlikning chegaralanishi yoki buzilishi; 
• esning kirar-chiqar bo‘lishi, yiqilish vaqtida bemorning 
javob reaksiyasi kechikkanligi; 


86 
• keksa yoshdaligi; 
• davolashda diuretiklar, sedativ, uyqu dorilar, trankviliza-
torlar, analgetiklar va antigistamin preparatlari berilganligi. 
Agar bemorda yuqoridagi belgilarning biri aniqlansa, unda 
quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
• krovatni iloji boricha past joylashtirish kerak; 
• xona chirog‘ini kechasi ham yoqib qo‘yiladi; 
• bemor turishi va yurishiga yordamlashib, bemor uchun 
eng kerakli narsalarni unga qulay joylashtiriladi, bemor cha-
qirig‘iga tezda javob berish kerak; 
• barcha gigiyena muolajalarini o‘z vaqtida o‘tkazish va 
bemordan tez-tez xabar olib turish lozim. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin