O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI
VA O‘RINDAGI HOLATI. BEMORLARNING FAOLLIK 
TARTIBI 
 
Kasalliklarning turi va og‘ir-yengilligiga qarab to‘rt xil faol-
lik tartibi bo‘ladi. 
1.
Faol
–bemorning harakati chegaralangan. 
2.
Yarim yotish
– bemor faqat xona ichidagina shifokor 
ruxsat bergan harakatlarni bajarishi mumkin. 
3.
Yotish
– bemor ma’lum sabablarga ko‘ra faqat o‘rinda 
yotadi. 
4.
Qat’iy yotish
– har qanday harakat yotgan holatda ham 
chegaralanadi. 
Shifokor ushbu tartiblarni tayinlash va bekor qilish mud-
datlarini kasallikning kechishiga qarab belgilaydi. 
 
BEMORNING O‘RINDAGI HOLATI 
Ko‘pgina kasalliklarda bemorlar holati turlicha ko‘rinishga 
ega – 
to‘la faol, sust faol, majburiy 
bo‘ladi. Bemorlar qoniqarli 
holatda faol harakatga ega bo‘lib, ular barcha ehtiyojlarni o‘zlari 
qondira oladilar (mustaqil ravishda o‘tirib, turib, ovqatlanib, 
yuvinib va h.k.). Sust holatdagi bemorlar kam harakat, mustaqil 
o‘girilib bosh va qo‘llarini ko‘tara olmaydilar. Ko‘pincha be-
morlar behush holda bo‘ladilar. Ayrim kasalliklarda bemorlar 
og‘riq hissini kamaytirish maqsadida majburiy holatni egallay-
dilar, masalan, yo‘talda, nafas qisganda, og‘riqda. Nafas qisgan-
da bemor o‘tirgan holatni egallaydi, bu esa nafas olishni yen-
gillashtiradi.
Bemor holati buyurilgan harakatga har doim ham mos 
kelavermaydi. Masalan, miokard infarkti bilan og‘rigan bemor-
lar hatto faol holatda bo‘lsalar ham qat’iy yotish tartibiga rioya 
qilishlari lozim. Og‘ir bemorlar uchun qulay sharoit yaratib 
berish maqsadida maxsus krovatlardan foydalaniladi.


85 
BEMOR HOLATINI O‘ZGARTIRISH JARAYONIDA 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin