(braxial puls – uni qo‘lni ichki
tomonidan tirsak bukiladigan joydan yuqoriroqda paypaslab
topish mumkin;
–
bo‘yin (carotid) puls – uni bo‘yinni ikkala yonbosh
sohalarda, traxeya (bo‘yindagi katta nafas olish olish nayi) va
bo‘yin mushaklari o‘rtasida paypaslab topishi mumkin;
–
yurak (apical) puls – uni ko‘krak qafasning chap tomo-
nidan eshitish mumkin. Fonendoskopni to‘sh suyagidan 7 – 9
sm chapda, besh va oltinchi qovurg‘alar oralig‘l ustiga qo‘yish
lozim. Apikal yurak urishini aniqlash uchun 1 daqiqa davomida
eshitish lozim. Pulsning maromi faqat shu sohada o‘lchanadi;
– oyoqning yuqori qismi (
son arteriyasi\femoral puls) –
tomir urushi oyoqning yuqori qismidagi son arteriyasini sezish
mumkin. Agar qorin yoki bel atrofi jarohatlangan bo‘lsa, bu
pulsni tekshirib ko‘rish katta ahamiyatga ega;
– oyoq kafti tepa qismidagi
(pedal) puls – bu oyoq kafti
tepa qismini o‘rtasida seziladi. Agar oyoqlarda kasallik tufayli
qon aylanish kamaygan bo‘lsa yoki bel atrofi jarohatlangan yoki
operatsiya qilingan bo‘lsa, modda almashinuvi kasalliklarida
(masalan: qandli diabetda) bu pulsni tekshirib turish zarur;
– oyoq to‘pig‘i orqasi – bu puls oyoqni ichkarisida oyoq
to‘pig‘ini orqasidan paypaslab topishi mumkin.
Puls sonlarini kamida 30 soniya ichida sanash lozim. Bunda
olingan raqam 2 ga ko‘paytiriladi. Aritmik pulsda sanash 1
daqiqa davomida o‘tkaziladi. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida
birin - ketin kelsa, to‘g‘ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. Aks
holda noto‘g‘ri - aritmik puls ko‘zatiladi.
Pulsning daqiqasiga 100 ta dan tezlashuvi taxikardiya deyi-
ladi, u fiziologik va patologik bo‘lishi mumkin (jismoniy meh-
nat, emotsional holat, isitma). 60 ta dan sekinlashuvi bradikar-
diya deyiladi.