O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi s. B. Bairova, G. M. Abduraupova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/102
tarix26.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#197818
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102
haroratning ko‘tarilish davri
bo‘lib, bunda 
tananing issiqlik hosil qilishi issiqlik yo‘qotishdan ustin bo‘ladi. 
Bu davr bir necha soatdan bir necha kun va hatto haftagacha 
davom etishi mumkin. Bemor haroratning tez ko‘tarilishini an-
cha og‘ir o‘tkazadi; qaltirab, eti uvishadi, labi, oyoq va qo‘l-
larning uchlari ko‘karib, boshi og‘riydi, umumiy ahvoli yomon-
lashganligidan shikoyat qiladi. Bemor holatining og‘irligi keyin-
chalik chiqadigan harorat ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday 
hollarda tibbiy-ijtimoiy xodim bemorni zudlik bilan yotqizib, 
oyoqlariga isitkich qo‘yishi, issiq ichimliklar (issiq choy, qahva) 
ichirishi, yaxshilab o‘rab qo‘yishi va yolg‘izlatib qo‘ymasligi 
lozim. 
Kasallikning ikkinchi davrida tanada issiqlik yo‘qotish bilan 
issiqlik hosil qilish nisbatan muvozanatda bo‘ladi. Bu davr bir 
necha soatdan bir necha haftagacha davom etadi.
Haroratning maksimal ko‘tarilishi. 
Organizmda zaharlanish 
holatining, bosh og‘rig‘ining kuchayishi, qizib ketishi, og‘izning 
qurib qolishi, holsizlanib, tananing qaqshab og‘rishi bilan 


100 
ifodalanadi. Ba’zan isitma cho‘qqisida markaziy nerv tizimining 
qo‘zg‘alishi: alahlash, gallutsinatsiyalar kuzatilishi mumkin. Bu 
bosqichda bemorni yolg‘iz qoldirish xavfli bo‘lib, bunday hol-
larda tibbiy - ijtimoiy xodim shaxsiy postini uyushtirish maqsad-
ga muvofiq hisoblanadi. Bemorning ahvolidan tinmay xabar olib 
turiladi, agar ahvoli yomonlashib boradigan bo‘lsa, shifokorni 
chaqirish zarur. Bu davrda bemorga suyuq yoki suyuqroq, 
yuqori kaloriyali va oson hazm bo‘ladigan ovqatlar berish lozim. 
Bemorni oz-ozdan sutkasiga 5–6 marta ovqatlantirish va unga 
ko‘p suyuqliklar berish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda 
bemorlarning og‘zi quriydi, lablari yoriladi, shuning uchun 
tibbiy - ijtimoiy xodim ularning og‘iz bo‘shlig‘ini vaqti - vaqtida 
natriy gidrokorbanatning kuchsiz eritmasi bilan artadi va 
lablariga vazelin moyi yoki glitserin surtishi lozim. Boshi qattiq 
og‘rib turgan bemorning peshonasiga muzli xaltacha qo‘yilib, 
muz erigan sari uni yangilab turiladi.
Haroratning 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin