Ishlab chiqarish harajatlari – bu bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek ularning tannarxini tashkil etuvchi harajatlar. Tannarx – bu mahsulot (ish,xizmat) larni ishlab chiqarishga ketgan barcha harajatlarning pulda ifodalangan majmuasi .
Ishlab chiqarish harajatlarining turlari, tarkibi, hisobga olinish tartibi
respublikamizda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54- son qarori bilan
tasdiqlangan «
Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari tarkibi va moliyaviy nptijalarni shakllantirish to„g„risida Nizom » bilan belgilangan.
Ushbu Nizomga muvofiq korxonalarning barcha ishlab chiqarish harajatlari
quyidagi belgilari bo‗ yicha tasniflanadi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab;
Tannarxga kiritilish usuliga qarab;
Ishlab chiqarish xajmiga nisbatan o‗zgarishiga qarab;
Iqtisodiy mohiyatiga qarab.
Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab ishlab chiqarish harajatlari
asosiy
ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umum ishlab chiqarish
harajatlariga
bo‗linadi.
Asosiy ishlab chiqarish harajatlari deganda ishlab chiqarishning asosiy
texnologik jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish sexlari harajatlari
tushuniladi. Bunday harajatlarga asosiy sexlarning texnologik jarayonlarida mahsulot
(ish, xizmat) larni ishlab chiqarilishiga bevosita sarflangan harajatlar kiradi.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlari deganda asosiy ishlab chiqarish sexlari
uchun yordamchi va xizmat ko‗rsatuvchi bo‗lib hisoblangan ishlab chiqarish
bo‗linmalarining (sexlarning) harajatlari tushuniladi. Yordamchi sexlar bo‗lib, masalan,
ta‘ mirlash sexi, mexanika sexi, bug‗ berish sexi va boshqalar hisoblanadi. Ushbu
113
sexlarning harajatlari alohida hisobga olinadi va har oyning oxirida asosiy ishlab
chiqarish harajatlari tarkibiga kiritiladi.