8
Bir qaraganda, baynalmilal o‘zlashmaga har jihatdan mos tushgan
o‘zso‘zning
qo‘llanishi
ma’quldek
tuyuladi.
Lekin
termin
o‘zlashmasining ta’rifi bilan
atama
yasamasi qamrovini qiyoslash har
ikki leksemani sinonim tarzda ishlatishning maqsadga muvofiq
emasligini ko‘rsatadi. O‘z vaqtida A.Hojiyev
termin
so‘zini
atama
yasamasi bilan almashtirishning noto‘g‘ri ekanligi, uning sabab va
oqibatlari xususida jiddiy mulohaza yuritgan edi (Hojiyev 1996;22-25).
Shularni hisobga olgan holda,
termin
o‘zlashmasini ilm-fan, texnika
sohalari yoki tarmoqlarida qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalari,
atama
so‘zini shartli ravishda qo‘yilgan nomlar (nomenklatura, nomenlar),
xususan, geografik obyektlar, joy nomlari (toponimlar), arabcha
istiloh
o‘zlashmasini esa tarixiy terminologiya aspektidagi izlanishlar, tarixiy
manbalar matnidagi tushunchalarga nisbatan ishlatish (Madvaliyev
2017;28-30) o‘zini oqlaydi.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi
leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy
xususiyatlarda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi
o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat
nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi);
semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning
har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat
fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi
ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish
yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi
vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni
ishlab chiqishga bo‘ysunadi) (Danilenko 1977; 208).
Dostları ilə paylaş: