61 atamalarida ko‘rib chiqilishi mumkin. Madaniyat tushunchasiga nisbatan bunday
yondashuv madaniyatga bilim va bilish jarayoni sifatida alohida e'tibor beradi va
kognitiv deb ataladi (V.Gudenaf).
Semiotik yondashuv madaniyatning, birinchi navbatda, dunyo in’ikosining
keyinchalik muloqot vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan belgilar tizimi
sifatida tushunishga asoslanadi (K.Levi-Stross). Lekin keltirilgan ta'riflarning hech
birini to‘laqonli deb bo‘lmaydi, chunki ular madaniyatning ko‘p qirrali tomonlarining
faqat bir jihatini ochib beradi, ular madaniyatga nisbatan “yondashish” bilan cheklanadi
va uni yaxlit holda ko‘rib chiqmaydi. M.K.Mamardashvili va A.M.Pyatigorskiylar qayd
qilishadiki, “madaniyat – bu obyektiv tarzda yo‘naltirilgan fikrlash avtomatizmini joriy
qiladigan hodisadir”. Barcha madaniyat tadqiqotchilari qaysi aniq ilmiy maktabga
mansubligidan qat’i nazar tilning ushbu murakkab holat tuzilmasidagi alohida rolini
e’tirof etishadi. E.Sepirning yozishicha: “Til madaniyatning to‘planishi va uning tarixan
meros qoldirilishida katta rol o‘ynashi shubhasiz. Bu madaniyatning eng yuksak
darajalari va uning sodda shakllariga ham birdek tegishlidir. Eng sodda jamiyat
madaniyat fondining katta qismi ko‘proq yoki kamroq aniqlik bilan belgilangan til
shaklida saqlanib qoladi” “Eng sodda madaniyat” atamasining qo‘llanilishi savol
tug‘dirishi mumkin. Bizning fikrimizcha, har hil madaniyatlar amal qiladi-yu, lekin aslo
“eng sodda” yoki “rivoj topgan” madaniyatlar bo‘lmaydi. Z.K.Tarlanovning qayd
qilishicha, “Til – bu kommunikatsiyaning oddiy bir shakli va oddiy vositasi emas, bu
yana mutlaqo yahlit mustaqil bir olam bo‘lib, uning qonun va qoidalari o‘z mohiyatiga
ko‘ra til vositasida ifodalansada, til sohiblarining ijtimoiy psixologiyasi va ular
yaratadigan madaniyat tipi hamda tarkibi bilan g‘oyat nozik bog‘langan bo‘ladi.
Etnomadaniyat etnik tilsiz yoki umuman bo‘lmaydi, yoki mavjud bo‘lsa ham, ishonchga
sazovor emas, chunki etnos faqat o‘z tili orqaligina to‘liq va keng miqyosda, o‘zini
betakror namoyon etadi. Boshqa tomondan olganda, etnik madaniyat, etnik dunyoqarash
va bilish faoliyati tajribasidan ajralib qolgan til o‘zining teran mohiyatini yo‘qotadi va
bu bilan oddiy muloqot vositalaridan biriga aylanadi”
Til bilan madaniyatning o‘zaro munosabatlarini talqin etish nihoyatda murakkab
ish. Til, tafakkur, madaniyat – bular har doim harakatda, o‘zgarishda bo‘ladigan
hodisalardir. Ularni o‘rganish uchun ularni to‘xtashish zarur, lekin bu endi o‘sha “til”,
“tafakkur”, “madaniyat” bo‘lmaydi, to‘g‘rirog‘i, ularning o‘zi bo‘lmaydi: ular o‘lik
holda, harakatsiz, bir biridan ajralgan holda qoladi.
Qaysi narsaning birlamchi bo‘lganligini belgilash mumkin emas, biroq shunisi
haqiqatki, tilsiz etnos bo‘lmaydi, til o‘lishi hamon etnos ham, madaniyat ham barbod
bo‘ladi.
Har qanday madaniyatning yemirilishi, har doim aynan bir yo‘l - madaniyat
elementlarining izolyatsiyalanishi yo‘li bilan sodir bo‘ladi, ya’ni, turmush sharoitlari