64 Nimaningdir manzarasini o‘zi uchun tasavvur etish: borliqning o‘zini o‘z oldiga uning
qay holatda bo‘lsa, shunday holatda qo‘yish va uni har doim shunday tasavvur qilishni
anglatadi. Lekin bu yerda hozircha bunday manzara mohiyatiga tegishli hal qiluvchi
ta'rif yo‘q. “Biz nimaningdir manzarasini o‘zimizga tasavvur etdik” degan jumla nafaqat
bizning borliqni umuman qandaydir tasavvur qilganimizni, balki ushbu borliqning
bizning tasavvurimizda unga xos bo‘lgan va uni tizim sifatida tashkil etadigan jamiki
unsurlarning bizning tasavvurimizda namoyon bo‘lishini bildiradi. Ushbu “manzaraning
tasavvur etilishi” iborasida kompetentlik, butunlik, aniq maqsadga yo‘naltirilganlik
jaranglaydi... Mohiyatan anglab yetilgan dunyo manzarasi shu taxlitda olamni
tasvirlaydigan manzarani emas, balki bunday manzara ma'nosida anglab yetilgan
dunyoni anglatadi... Dunyo manzarasi haqida gap ketadigan joyda umuman borliqqa
tegishli tub yechim chiqariladi. Borliqning mavjudligini ushbu borliq tasviridan
izlashadi va topishadi”.
G.V. Kolshanskiyning qayd qilishicha, “dunyo manzarasi” atamasining o‘zidagi
“dunyo” tushunchasi aniqlashtirishni talab qiladi. “Dunyo” so‘zi iste'mollariga muvofiq
dunyo ikki hilda tushuniladi: birinchidan, bu – umuman muayyan keng qamrovli narsa
tarzida idrok etiladigan, inson boshqa odamlar bilan bir qatorda qamrab olinadigan va
uni boshqa kishilar bilan birga birlashtiradigan olamdir. Bunda “umuman dunyo”
qandaydir boshqa olamga qarama-qarshi qo‘yilmaydi. Bu o‘rinda gap dunyo bilan
alohida munosabat vositasida bog‘langan inson subyektiga qarama-qarshi qo‘yish
haqida bormoqda. Subyektiv tarzdagi idrok etish so‘zlovchi kishi ongida hosil bo‘lgan
dunyo manzarasiga muqarrar tarzda ta’sir ko‘rsatadiki, u uning dunyo haqidagi fikrida
xabar yetkazish predmetiga aylanadi.
Boshqa tomondan, muqobil dunyolar deb ataladigan olamlar ham mavjud. Bunday
dunyo borliqning boshqa qiyos keltiriladigan sohalaridan farqlanadigan va faqat unga
xos qonuniyatlar bilan tavsiflanadigan muayyan sohasidan iborat bo‘lishi mumkin.
Bu dunyo, odatda, unga qarshi qo‘yilgan dunyolar fonida idrok etiladi. Masalan
fantaziya dunyosi voqelik olamiga qarama-qarshi qo‘yilgan, bir ijtimoiy olam boshqa
jamiyat dunyosiga qarama-qarshi qo‘yiladi. L.B.Lebedeva “umuman dunyo” bilan
“muqobil olam” o‘rtasidagi farq haqida gapirar ekan, A.Vejbitskaya o‘tkazgan