3. Uzliksiz davom ettirishi – moliyaviy hisobotning korxona o’z faoliyatni to’g’risidagi, ya’ni rahbariyat korxonaning likvidatsiya qilinishi yoki o’z faoliyatini to’xtatishini mo’ljallamagan yoki ushbu masalani qo’rib chiqish sabablari bo’lmagan yo’l qo’yilishlarga asosan tuzilishidir. 4. Hisoblash metodi –
bu operatsiya va jarayonlarning ular qachon yuz bergan bo’lsa (pul kelib tushushi va pul mablag’larining to’lanishi qat’iy nazar) shu paytda tan olinishi va ular talluqli bo’lgan davrlaridagi hisob registlarida qayd qilinishi va moliyaviy hisobotlarda taqdim etish tamoyilidir. 5. Muvofiqlik kontseptsiyasi xarajatlarni foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotda sarflangan xarajatlar bilan ishlab topilgan daromadlarning aniq moddalari o’rtasidagi bog’liqlikka asosan hisobga olish tamoyilidir. 6. Taqdim qilishning ketma-ketligi moliyaviy hisobotlarda moddalarni taqdim qilinishi va ularning tasnifi bir davrdan ikkinchi davrda saqlanishi tamoyilidir. Korxona moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishda usullarning o’zgartirish kiritish kerak bo’ladi, agarda o’zgargan tarkib ehtimol to’liq saqlanilsa yoki muqobil variantda taqdim qilishdan olinadigan naf muqarrar bo’lsa.
278
« MOLIYaVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI» fanidan MUSTAQIL TA’LIM MAShG’ULOTLARI