Standartlari


Da’volar bo’yicha daromadlar



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Da’volar bo’yicha daromadlar
- bu shartnoma narxiga kiritilmagan 
xarajatlarning buyurtmachi yoki boshqa shaxs tomonidan qoplanishi sifatida pudratchi 
tomonidan olinishi kutilayotgan summa. 
Daromad
– bu aktivlarning kelib tushishi yoki ko’payishi yohud 
majburiyatlarning kamayishi shaklida iqtisodiy nafning hisobot davrida o’sishidir, va 
ushbu o’sish kapitalning mulk egalarining kapitalga qo’yilmalari bilan bog’liq 
bo’lmagan ko’payishiga olib keladi 
Foizlar
— Tashkilotga qarashli bo’lgan pul mablag’lari yoki ularning 
ekvivalentlaridan 
yoki 
tashkilotga 
to’lanishi kerak bo’lgan summalardan 
foydalanilgani uchun olinadigan haq; 
O’zgartirish
- bu shartnoma bo’yicha bajariladigan ishlar ko’lamiga 
o’zgartirish kiritilishiga buyurtmachi tomonidan berilgan ko’rsatmadir.


292 
Tushum
– bu hisob davrida kompaniyaning odatdagi faoliyati davomida 
yuzaga kelgan iqtisodiy naflarning yalpi tushumi bo’lib, qachonki uning natijasi 
aktsionerlarning badallari hisobiga kapitalning o’sishidan farq qiladigan kapitalning 
o’sishi hisoblansa. 
“Xarajatlar plyus” shartnomasi
– bunday shartnomaga ko’ra pudratchiga 
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan yoki boshqacha qilib oldindan belgilangan harajatlar 
va ularga qo’shimcha ushbu xarajatlar summasining ma’lum foizi yoki qat’iy 
belgilangan mukofot summasi qoplanadi 
Amortizatsiya
- bu nomoddiy aktivlarni xarid qilib olish tannarxini ularning 
foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o’zaro bog’liq holda taqsimlashdir. 
Asosiy vositalarning turkumi
– bu bir xil xususiyatga va tadbirkorlik 
sub’ektining faoliyatida foydalanish maqsadlariga ega bo’lgan aktivlarning guruhidir. 
Balans qiymati
– bu har qanday jamg’arilgan eskirish va yig’ilgan 
qadrsizlanish bo’yicha zararlar chegirib tashlanganidan so’ng aktivning tan olinadigan 
summasidir. 
Depresiatsiya 
- bu mulk, mashina va asbob-uskunalar (er kirmaydi) 
tannarxining ularning foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o’zaro bog’liq 
holda taqsimlashdir. 
Eskirish
– bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat 
muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin