290
Davlat grantlari
- bu tashkilotning faoliyatlariga tegishli ma’lum shartlarga
o’tgan davrda yoki kelgusida rioya etish evaziga tashkilotga taqdim etiladigan
resurslar o’tkazmalari shaklidagi davlat yordamidir.
Davlat yordami
- bu ma’lum mezonlarga javob beradigan tashkilotga yoki bir
qator xo’jalik sub’ektlariga xos iqtisodiy nafni taqdim etishga mo’ljallangan davlat
hatti-harakatidir.
Foydali xizmat muddati
– ijara muddati boshlanishidan keyin qolgan, lekin
ijara muddati bilan chegaralanmagan, baholangan davr bo’lib, bu davr mobaynida
aktivda mujassamlangan iqtisodiy naf tashkilot tomonidan foydalanishi kutiladi.
Funktsional valyuta
- bu tashkilot faoliyat yuritadigan asosiy iqtisodiy
muhitning valyutasidir.
Guruh
- bu bosh tashkilot va uning barcha sho’’balaridir.
Haqqoniy qiymat
- bu yaxshi xabardor bo’lgan va bunday operatsiyani amalga
oshirishni xohlovchi mustaqil tomonlar o’rtasida umumiy shartlar asosida bitimni
amalga oshirishdagi aktivni almashtirish yoki majburiyatni to’lash mumkin bo’lgan
summa.
Ijara muddati
– ijarachi aktivni ijaraga olishga kelishilgan, muddatidan oldin
bekor qilinmaydigan davr bilan ijarachi aktivning ijarasini qo’shimcha to’lovni
amalga oshirib yoki oshirmasdan davom qilish huquqiga ega bo’lgan va ijaraning
boshlanishida ijarachi ushbu huquqdan foydalanishi yetarli darajada aniq bo’lgan har
qanday qo’shimcha muddat
Dostları ilə paylaş: