Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish - aktivlar va
majburiyatlarning joriy holatini hamda ular bilan bog’liq bo’lgan, kelgusida
kutilayotgan
manfaat
va
majburiyatlarni
baholash
natijasida, aktiv
yoki
majburiyatning balans qiymatini, yoki aktivdan davriy foydalanish summasini
tuzatishdir.
Diskontlangan qiymat - Aktivlar, ishlarni odatiy tartibda yuritilganini taxmin
qilgan takdirda, ushbu aktiv tomonidan yaratilishi mumkin bo’lgan pul
mablag’larining bo’lg’usi sof kelib tushishipi diskontlangan summalarida aks
ettiriladi.
Foyda yoki zarar – buboshqa umumlashgan daromadning tarkibiy qismlaridan
tashqari jami daromaddan xarajatlar chegirilganidan keyin qolgan natija.
Hisob siyosati – bu xo’jalik sub’ekti tomonidan moliyaviy hisobotlarni
tayyorlashda va taqdim etishda qo’llaniladigan muayyan tamoyillar, usullar, odatlar,
qoidalar va amaliyotlardir.
Hisobot davridan keyingi hodisalar - hisobot davri tugagan sana bilan
moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi o’rtasidagi oraliqda yuzaga
kelgan, ijobiy va salbiy, hodisalardir.
Investitsion faoliyat - uzoq muddatli aktivlarning hamda pul ekvivalentlariga
kirmaydigan boshqa investitsiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi.
Jami umumlashgan daromad – bu kapitaldagi davr mobaynida operatsiyalar
va boshqa hodisalar natijasida yuzaga keladigan o’zgarish bo’lib, mulk egalari bilan
ularning mulk egalari sifatida amal qilishidagi operatsiyalardan yuzaga keladigan
o’zgarishlar bundan mustasnodir.
MHXS bo’yicha birinchi hisobot davri - Tadbirkorlik sub’ektining MHXS
bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlari qamrab olgan eng oxirgi hisobot davri.
MHXS bo’yicha moliyaviy holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobot -
Tadbirkorlik sub’ektining MHXSlarga o’tish sanasiga bo’lgan moliyaviy holat
to’g’risidagi hisoboti.