Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Restrospektiv qo’llash
- yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar 
va vaziyatlarga nisbatan ushbu siyosat oldin ham har doim qo’llanilganidek tarzda 
qo’llash. 
Retrospektiv qayta hisoblash
- moliyaviy hisobotlardagi elementlar 
summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga 
hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish. 
Shartli tannarx
- berilgan sanaga tannarxning yoki amortizatsiyalangan 
qiymatning o’rnini bosuvchi summa.
Sotish (qoplash) qiymati
- Aktivlar, ularni odatiy sharoitda sotib olishda 
to’lanishi zarur bo’lgan pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari bo’yicha aks 
ettiriladi.
Tiklash qiymati
- Aktivlar, ularni sotib olish vaqtida hozirgi paytda huddi 
shunga o’xshash aktiv sotib olingandagi to’lanishi kerak bo’lgan pul mablag’lari yoki 
ularning ekvivalentlari bo’yicha aks ettiriladi.
Umumiy 
foydalanish 
uchun 
mo’ljallangan moliyaviy hisobotlar 
(“moliyaviy hisobotlar” deb ataladi)
– bu shunday foydalanuvchilarning axborotga 
bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan moliyaviy hisobotlarki, bu foydalanuvchilar 
ularning axborotga bo’lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni xo’jalik 
sub’ektidan talab qila olmaydi. 
Ijara
- ijaraga beruvchi ijarachiga bir yoki bir necha to’lovlar evaziga 
kelishilgan muddat davomida aktivdan foydalanish huquqini berishini ko’zda 
tutadigan kelishuvdir. 
Aktivlarga tegishli grantlar
- bu davlat grantlari bo’lib, ularning asosiy sharti 
ularni olish talabariga javob beradigan tashkilot uzoq muddatli aktivlarni sotib olishi, 
barpo etishi yoki boshqa shakllarda xarid qilishi kerak.
Daromadga tegishli grantlar
- bu aktivlarga tegishli grantlardan tashqari davlat 
grantlaridir.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin